Rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenkoning koinotda böliş vaqti körsatkiçi 879 kundan oşdi. Bu yangi jahon rekordi hisoblanadi, deb yozdi TASS.
Avvalgi rekord rossiyalik boşqa kosmonavt Gennadiy Padalkaga tegişli edi. 1998 yildan 2015 yilgaça bölgan beşta kosmik parvozi davomida u orbitada 878 kun 11 soat 29 daqiqa 48 soniya bölgan.
Qayd qilinişiça, Kononenkoning fazodagi missiyasi davom etmoqda va rekord körsatkiç yanada oşadi.
59 yoşli kosmonavt faoliyati davomida koinotga beş marta parvoz qilgan, birinçi marta 2008 yil aprelida. Hozirgi missiya 2023 yil sentabrda boşlangan. Kononenko 2024 yil sentabrida Yerga qaytadi, u koinotda jami 1110 kun – uç yildan sal köproq vaqt ötkazişi kutilmoqda.
Aytiş joizki, orbitada uzluksiz qoliş rekordi juda uzoq vaqtdan buyon saqlanib turibdi. Uni rossiyalik kosmonavt Valeriy Polyakov «Mir» orbital stansiyasida örnatgan. 1994-1995 yillar davomida u 437 kunu 18 soat davomida fazoda bölgan.

















