Keçikkan Hindistondan şu yöldagi Özbekiston uçun saboqlar (1-qism, Dehli)
|23:06 / 24.02.202426 86414 min
Dunyodagi eng ifloslangan 20 ta şahardan 13 tasi joylaşgan, kamida 140 million odam me’yordan 10 baravar xavfli havodan nafas olayotgan, aholisining öpkasi çekmaydigan yevropaliknikiga qaraganda 30 foizga zaifroq işlaydigan Hindiston – Kun.uz jurnalisti nigohida.
Dunyoning eng ifloslangan şaharlari röyxatidagi Dehli, Mumbay va Kalkutta şaharlarida bu falokat sabablari bir-biridan farq qiladi. Demak, örganişlarimizni poytaxtdan boşlaymiz.
Dehlini yuqoridan tomoşa qilsangiz, tumanga öxşaş xiralik bor – tutunmi, çangmi farqlolmaysiz. Töyib nafas olişga nimadir xalal beradi. Kuni bilan çarçoq, uyquga töymaslik, holsizlik va kutilmagan boş oğriği sizga hamroh böladi. Soğlom odamning bu holatga tuşişida, albatta, toza havo – kislorodning yetişmasligi eng katta sabab.
Sun’iy intellekt ham “Bugungi Hindiston havosini tasvirlab ber” degan topşiriğimizga ekologiyasi buzilgan şaharlarning suratlarini taqdim etdi.
Uning bugungi Özbekiston haqidagi tasavvurlari ham Hindistonçalik bölmasa-da, biroq suratlardan körinib turibdiki, u qadar ijobiy ham emas. Xulosa qilişga undaydi kişini.
Hindistonliklar qanday fikrda?
Statistik raqamlarga ötişdan oldin Hindistondagi havo ifloslanişi haqida “Hindistonliklar qanday fikrda?” degan savolga javob oliş maqsadida oddiy rikşa haydovçisi bilan qilgan yöl-yölakay suhbatimizdan bir parça keltiramiz:
Mavzuga oid
— Dehlida har yili yanvar-fevral oylarida havo ifloslanib ketadi. Hozir şunday mavsum. Maşinalar ham köp. Fevraldan keyin yomğir köp yoğişni boşlagaç, hammasi joyiga tuşadi. Havo tozalanadi.
— Lekin fevralda ham şu-şu maşinalar harakatlanadi-ku?
— Yomğir yöq payti hamma köçada böladi. Mavsum kelgaç, havoni tozalaydi. Odamlar ham köçaga kamroq çiqadi.
— Demoqçisizki, havo ifloslanişida odamlar soni köpligi sababçi. Şundaymi?
— Albatta. Qarang, hamma yoqda tirbandlik. Dehlida bir kişiga tört maşina töğri keladi.
— Maşinalar şunçalik arzonmi?
— Aslida tört kişilik bir oilaga bitta maşina yetarli. Dehlida boylar köp. Bitta maşinaga qanoat qilmasdan, yana va yana sotib olaverişadi. Köp avtomobil havoni buzadi. Hukumat şuning uçun elektr avtomobillarni işlab çiqarişga yöl oçyapti.
Suhbatdoşning gaplarida jon bor. Dehlida havo sifati indeksi bahor-kuz oylarida odatda yaxşi (0-50), qoniqarli (51-100) va örtaça (101-200) miqdorlarda böladi va keyin u keskin yomonlaşib, oğir (301–400) va xavfli (401–500+) darajagaça çiqadi.
Hindistonga safarimiz aynan şu qiş mavsumi, ya’ni havoning ifloslanişi eng yuqori darajaga çiqqan paytga töğri keldi. Oktyabr-fevral oylarida turli tutatiladigan marosimlar, bayramlarda petardalarning otilişi, hosildan keyingi ommaviy ravişda ekin maydonlarining yoqilişi kabi qöşimça mavsumiy omillar bu salbiy statistikaga hissa qöşadi.
Dehlidagi millionlab avtomobillar tutunlari, unda-bunda körinib qoladigan qurilişlardan çiqadigan çanglar va köçalarda isiniş uçun istalgan narsaning yoqilişi şaharni şu köyga solayotgan sabablardan, deyiş mumkin. Albatta bu birlamçi va notöğri bölmagan xulosalar. Yana şunday yaşirin va körinmas sabablar borki, ular faqat statistikalarda aytilsa-da, lekin sanab ötiş uçun arzirli.
Yonilğini soxtalaştiriş
Ba’zi hind taksilari va avtorikşalari soxta yonilği aralaşmasida harakatlanadi. Benzin va dizelni arzonroq yonilğilar bilan soxtalaştiriş Janubiy Osiyoda, jumladan Hindistonda keng tarqalgan. Benzinning dizel yonilğisidan qimmatligi kam daromadli haydovçilarni şu işni qilişga majbur qiladi.
Aralaşma nisbati 80 ga 20 dan 70 ga 30 foizgaça bölişi mumkin. Misol uçun, 1 litr ekologik benzinning narxi özbek sömida 14 500 söm bölsa, dizel esa 13 000 söm atrofida turadi. Yonilğini soxtalaştiriş oy davomida sezilarli miqdorda pulni tejaydi. Lekin bu avtomobil dvigatelining hayotiylik muddatini qisqartiradi. Maşina yoki rikşalar öziniki bölmagan köp sonli ijaraçilarni esa bu taşvişga solmaydi. Soxta yonilği sabab şahardagi havo ifloslanişi, uning hayot sifati va soğlikka ta’siri esa şunçaki e’tiborga olinmaydi.
Tirbandlik
Numbeo indeksida Dehli tirbandlik darajasi böyiça dunyo şaharlari önligiga kiritiladi. Mavjud yöllarning har bir kilometriga transport vositalari sonining köpligi, şahar içidagi bölingan magistrallar va tez ötkazuvçi yöl tarmoqlarining yetişmasligi, şaharlararo tezyurar yöllarning yöqligi, yöl-transport hodisalari va yöl harakati qoidalariga umuman amal qilmaslik tirbandlikning asosiy sabablari sifatida köriladi.
Keling, tirbandlikning havoga zarari haqidagi tadqiqotlarga töxtalib ötsak. Örtaça tezligi soatiga 20 dan 40 km gaça bölgan avtomobillar ifloslantiruvçi moddalarning emissiyasi örtaça tezligi 55-75 kmdagi ulovlarnikidan ikki baravarga köp bölsa, tirbandliklardagi 5-20 km/soat tezlikda sekin harakatlanayotgan avtomobillar örtaça tezlikdagilardan 4 dan 8 baravargaça köp bölgan ifloslantiruvçi moddalar çiqaradi.
Hindistonning köplab şahar yöllarida örtaça tezlik soatiga 20 kilometrdan kam; 10 kilometrlik sayohat 30 daqiqa yoki undan köproq vaqtni olişi mumkin. Bunday tezlikda Hindistonda transport vositalari kamroq tirbandlik bilan soliştirganda havoga ifloslantiruvçi moddalarni 4-8 marta köproq çiqaradi.
Ötin yoqiş
Hindiston isiniş va energiya maqsadlarida yoqiladigan ötin, qişloq xöjaligi çiqindilari va biomassaning dunyodagi eng yirik iste’molçisi hisoblanadi. Mamlakatning qişloq joylaridagi uy xöjaliklarining taxminan 75 foizi şu turdagi yoqiş vositalariga tayanib, har yili qariyb 149 million tonna kömir örnini bosuvçi yoqilği-ötin va biomassani maişiy energiyadan foydalaniş uçun işlatadi. Bu vositalarning aholi jon boşiga örtaça yillik iste’moli 206 kilogramm kömir ekvivalentiga teng. Hindiston har yili Amerika Qöşma Ştatlariga qaraganda ön baravar köproq ötin yoqadi.
Öçoqlar emissiyasi
Hindistonning ba’zi qismlarida çullah yoki çulha deb nomlanuvçi öçoqlarda ovqat pişirişadi. 100 milliondan ortiq hind xonadonlarida mavjud bölgan çulhalar kuniga ikki-uç marta işlatiladi. Bu juda katta körsatkiçlar bölib, ulardan çiqadigan zaharli gaz va tutunni tasavvur qilavering.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, Hindistonda yiliga 300-400 ming odam turli biomassani yoqiş va çullahlardan foydalaniş tufayli bino içidagi uglerod oksidi zaharlanişidan vafot etadi.
Salomatlikka ta’siri
Mayda zarraçalar bilan doimiy nafas oliş astma, bronxit, öpka saratoni, yurak xuruji kabi nafas oliş va yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelişi mumkin.
Havo ifloslanişining salbiy ta’siriga bolalar köproq moyil böladi, çunki ular tana vaznining har bir kilogrammiga köproq havo bilan nafas oladilar. Şuningdek, ular taşqarida köproq vaqt ötkazişadi va şuning uçun bu ta’sirga köproq uçraydi.
Dehli yurak va öpka instituti ma’lumotlariga köra, ikki milliondan ortiq bolalar – poytaxt Dehli bolalarining yarmi öpka funksiyasida anormalliklarga ega.
The Lancet'da e’lon qilingan 2017 yilgi tahliliy hisobotda hindistonliklarning 77 foizga yaqini tavsiya etilgan milliy çegaradan sezilarli darajada yuqori bölgan zaharli havo zarraçalarini yutişi aytiladi.
Atmosfera havosining ifloslaniş darajasi oşgan kunlarda tez yordam xizmatining çaqiriqlari odatdagidan 20-25 foizgaça oşadi.
Hozirda Hindistonda örtaça umr köriş yoşi 67 yoş bölib, bu körsatkiç bilan mamlakat 227 ta davlat röyxatining 192-örnini band qiladi. Agar havoning eng minimal tavsiyalariga erişilsa, Hindistonda örtaça umr köriş 1,7 yilga oşadi, deb taxmin qilinadi.
Davlat miqyosidagi tendensiyalar
2019 yilda havo ifloslanişining yomonlaşuvi Hindiston hisobotlarida qariyb 1,7 million kişining bevaqt ölimiga olib kelgan. Öşa yili 9 mlndan ortiq hindistonlik vafot etganini hisobga olsak, yomon havo har 5-6-odamning ölimi sababçisi bölgan. Davlatda bunday ifloslaniş ortidan deyarli 29 mlrd dollarlik işlab çiqariş yöqotişi hisoblangan.
Endi ham bemalolgarçilikda davom etib bölmasdi. Çunki bu yilgaça ham Hindiston şaharlari havo ifloslanişi böyiça tanqidiy çegaradan bir neça baravarga oşib ketgan edi. 2019 yilda Hindiston 2017 yilni taqqoslaş uçun bazaviy yil sifatida belgilab olib, 5 yil içida PM2,5 va PM10 konsentratsiyasini 20-30 foizga kamaytirişni maqsad qilgan "Toza havo Milliy dasturi"ni işga tuşirdi. Dastur havo sifati standartlardan yomonroq deb hisoblangan 102 ta şaharda joriy etildi.
Oradan beşinçi yil ötyapti, lekin bu şaharlarda ijobiy tarafga özgariş juda sust, ular hali ham dunyo antireytinglaridan tuşmayapti. Çunki mamlakat öz vaqtida sabablar bilan emas, ança keç oqibatlar bilan kuraşişga tuşdi.
Mamlakatdagi plastik ifloslaniş muammosini hal qiliş uçun katta qadam sifatida Hindiston 2022 yil iyul oyidan boşlab bir martalik plastmassalarni işlab çiqariş, sotiş va ulardan foydalanişni taqiqlaşni e’lon qildi.
Plastmassaning foydaliligi va atrof-muhitga ta’siridan kelib çiqqan holda, taqiq uç bosqiçda amalga oşiriladi. Bir martalik işlatiladigan plastmassalarning birinçi toifasi muzqaymoq, şirinliklar qadoqlari, şarlar va plastik tayoqlar, şuningdek, plyonkalar, sigaret paketlari bölsa, keyingi bosqiçlarda qayta işlatiş imkoniyatiga ega bölgan qalinligi 100 mikrondan köp bölgan plastik mahsulotlar nazarda tutilgan.
Garçi dunyodagi birinçilikdan tuşmayotgan bölsa-da, Hindiston havo ifloslanişini nazorat qiliş böyiça markaziy kengaşi sönggi yillar uçun şunday xulosalar beradi:
dizel yonilğisidagi oltingugurt miqdorini kamaytiriş böyiça körilgan mahalliy çoralar va hukumatning qat’iy nazorati bilan Solapur va Ahmadobod kabi şaharlarda PM10 darajasida pasayiş tendensiyasi kuzatilgan;
yoqilği örnida işlatilgan kömir yoki ötin örniga LPG gaz ballonlaridan foydalaniş hamda transport vositalarining ommaviy CNG metan gaz yonilğisiga ötişi Dehli, Mumbay, Laknau, Bhopal kabi köplab şaharlardagi oltingugurt dioksidi miqdorining tuşişiga olib kelgan.
turli ştatlarda ham mahalliy hukumatlar avtomobillar çiqindilari normalarini kuçaytiriş, çiqindini yoqiş uçun jarimalarni oşiriş va yöl çangini nazorat qiliş kabi çoralarni körişgan.
transport sektorida mavjud 550 ta avtobus örnida 1000 ta elektr jamoat transporti avtobuslari kiritilgan.
Şu bilan birga mamlakat 2023 yilga kelib şaxsiy avtomaşinalarning 25 foizini elektromobillarga almaştirişga kömaklaşişni reja qilgan bölsa ham, hozir bu körsatkiç 2 foizga yetmaydi. Çunki yonilğida harakatlanadigan transport vositalarining narxi elektromobillarga qaraganda ança past. Biroq benzin va dizel yoqilğisi narxining ösişi tufayli ularning operatsion narxi elektr ulovlardan yuqori. Ikki tanlov qarşisidagi hindistonliklar esa hali ham an’anaviy maşinalardan voz keçmayapti.
Şuningdek, atmosfera ifloslanişi haqida jamoatçilik turli usullarda xabardor qilib borilayotganiga özimiz ham guvoh böldik.
Yana bir paradoks vaziyat haqida alohida gapirmasak bölmaydi. 1973 yilda qurilgan Badarpur issiqlik elektr stansiyasi Dehli havosini ifloslantiruvçi yana bir asosiy manba bölgan. Şahar elektr energiyasining deyarli 8 foizini işlab çiqarganiga qaramay, u Dehlidagi elektr energetika sektoridagi zarraçalar ifloslanişining 80-90 foizini işlab çiqargan.
2016 yil noyabr oyida Dehlida “katta tutun” hodisasi paytida Badarpur elektr stansiyasi havoning keskin ifloslanişini yumşatiş uçun vaqtinça yopiladi. Ammo 2017 yil 1 fevralda qayta işga tuşirişga ruxsat berildi va yana atrof-muhitga zararli ta’sirini hisobga olgan holda, elektr stansiyasi 2018 yil 15 oktyabrdan butunlay töxtatildi.
Maqola avvalida “şu yölda borayotgan Özbekiston” degan iborani bejizga işlatmadik. Çunki poytaxtimiz Toşkentning ham havosi eng yomon şaharlar röyxatiga kirib qolgani va bu oxirgi paytlarda bot-bot aytilayotganini şubha ostiga olayotganlar, buni ortiqça vahima yoki bundan pul qilişni möljallagan kimningdir axborot manipulyatsiyasi, deya befarqlikda davom etayotganlar, körinmas qotil iskanjasida bölib ham, “heç narsa qilmaydi” qabilida istalgan joyda çiqindi taşlayotgan, zarurat bölmasa elektr energiyasidan befarq foydalanayotgan yurtdoşlarimiz oramizda köp.
Bu sabablar esa köpçilik uçun ensa qotar gaplar, xolos. Yonilğini soxtalaştiruvçi hindistonliklar keysida ham barça befarqliklar yiğilib borib, şaharni zaharlaşga yaxşigina hissa qöşişayotganini bejizga misol qilmadik. Özimiz zararlayotgan tabiatdan siz, biz, ota-onamiz va farzandlarimiz nafas olişadi.
Bu Hindiston poytaxti Dehli haqidagi yiğgan-tergan ma’lumotlarimiz edi. Keyingi qismlarda umuman boşqa sabablar bilan havosi ifloslanayotgan “Bollivud”, ya’ni Mumbay hamda Kalkutta şaharlari, şuningdek, Xitoyning Pekin şahri haqidagi mustaqil örganiş xulosalarimizda davom etamiz.