Ertaga, 13 martdan, “Taşabbusli budjet”ning 2024 yil 1-mavsumidagi loyihalarga ovoz beriş boşlanadi.
Bu mavsumda respublika böylab jami 35 575 ta taklif kelib tuşgan. Ğolib çiqqan taşabbuslarni moliyalaştiriş uçun tuman (şahar) budjetlari hisobidan jami 3,02 trln sömdan ortiq mablağ yönaltiriladi.
Joriy yildan boşlab “Taşabbusli budjet” jarayonlarida ovoz beriş bosqiçi bir fuqaro – bir ovoz tamoyili asosida amalga oşiriladi. Berilgan ovozlar egasining şaxsiga aniqlik kiritiş va har bir fuqaro tomonidan berilgan ovozni aniqlaş tizimi joriy etiladi. Bu öz navbatida bir neçta sim-kartasi bölgan fuqarolarning bir neça marta ovoz berişiga çek qöyadi. Ğoliblarni aniqlaşda ham haqqoniylikni ta’minlaşga xizmat qiladi.

















