Germaniyaning Rheinmetall qurol konserni Ukrainada kamida törtta zavod oçiş rejasini e’lon qildi. Konsern 2024 yilda qurol sotişdan rekord darajada daromad olişi başorat qilinmoqda, deb yozdi France24.

Kompaniya sönggi oylarda öq-dorilar taqçilligidan qiynalayotgan Ukrainadagi zavodlar snaryadlar, jangovar maşinalar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini işlab çiqarişga möljallanadi.

«Ukraina biz uçun muhim hamkorga aylandi va biz yiliga 2-3 milliard yevrogaça ehtimoliy daromadni közlayapmiz», dedi Rheinmetall boş direktori Armin Papperger.

Qayd etilişiça, Ukrainadagi uruş Germaniya qurol sanoatining ösişiga yordam bergan.

Dyusseldorfda joylaşgan, şuningdek, Leopard tanklari uçun ehtiyot qismlar işlab çiqaradigan konsern ötgan yili rekord darajadagi 7,2 milliard yevro daromad oldi. 2024 yilda bu körsatkiçni 10 milliard yevroga yetkazişni rejalaştirgan.

Fevral oyida Rheinmetall Ukraina kompaniyasi bilan mamlakatda artilleriya snaryadlarini işlab çiqariş böyiça şartnoma tuzdi. Ukrainada kompaniya allaqaçon harbiy texnikani ta’mirlaş böyiça qöşma korxonaga ega.

Yaqin kunlarda zavodning tamal toşi qöyiladi, uning aniq joylaşuvi ma’lum qilinmagan.