Rossiyaning Yevropa Ittifoqida muzlatilgan aktivlaridan olingan daromad 90 foizi Yevropa tinçlik jamğarmasi (EPF) orqali Ukraina uçun qurol sotib olişga sarflanişi kerak. 19 mart, seşanba kuni Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qilişiça, u 20 mart kuni – 21-22 mart kunlari bölib ötadigan YeI sammiti oldidan ittifoqqa a’zo mamlakatlarga şunday taklif bilan çiqadi. 

Borrelning sözlariga köra, bunday çora Ukrainaga har yili taxminan 3 milliard yevro ajratiş imkonini beradi. Yevropa diplomatiyasi rahbari aniqlik kiritişiça, Rossiya aktivlaridan tuşgan daromadning qolgan 10 foizi Ukraina mudofaa sanoati salohiyatini oşiriş uçun foydalaniş maqsadida YeI budjetiga ötkazilişi mumkin. 

YeIdan Ukrainaga yangi harbiy yordam 

Bir kun avval, 18 mart kuni Bryussel YeI taşqi işlar kengaşi qaroriga muvofiq, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam uçun yana 5 milliard yevro ajratişini ma’lum qilgan edi. 

Yevropa tinçlik jamğarmasining moliyaviy çegarasi joriy narxlarda 5 milliard yevroga oşiriladi, bu mablağlar maxsus yaratilgan Ukrainaga yordam jamğarmasiga (Ukraine Assistance Fund, UAF) kiritiladi, deya tuşuntirdi Bryussel. Ta’kidlanişiça, yangi jamğarma Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Norvegiya mudofaa sanoatidan qöşma xaridlarni köpaytirişga qaratilgan. 

Yevropa tinçlik jamğarmasi Rossiyaning Ukrainaga töliq miqyosli harbiy hujumi boşlanişidan oldin tuzilgan va uning hajmi 2021 yildan 2027 yilgaça bölgan davrda atigi 5 milliard yevroni taşkil etgan. Uruş boşlanganidan keyin jamğarma hajmi 12 milliard yevroga oşirildi, uning mablağlari 5,6 milliardi Ukrainaga yordam berişga yönaltirildi. Hozir EPF hajmi 17 milliard yevroga yetdi.