Odam savdosiga qarşi kuraşiş va munosib mehnat masalalari böyiça milliy komissiya Qiziltepa tumani hokimi örinbosari Ölmas Istamov bilan boğliq holat yuzasidan örganiş işlarini boşladi. Avvalroq Istamov taşkilot rahbarlarini “Taşabbusli budjet”da ovoz töplaşga majburlagani eks etgan audio tarqalgandi.
“Mazkur holat zudlik bilan örganiladi hamda mas’ullarning faoliyatiga huquqiy baho berilişi ta’minlanadi”, – deyiladi Oliy Majlis Senati axborotida.
Qiziltepa tumani hokimligi matbuot xizmatining xabar berişiça, holat böyiça hokimlikda hokim örinbosariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan. Natijalari böyiça qöşimça axborot beriladi.
“Tuman hokimligi bu kabi nojöya harakatlar va xodimlarga nisbatan hurmatsizlikni keskin qoralaydi”, – deya qayd etgan hokimlik.
Eslatib ötamiz, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Ölmas Istamov Zoom orqali ötkazilgan onlayn majlisda taşkilot rahbarlariga keçgaça 50 tadan ovoz yiğişni buyurgan, aks holda kim bölişidan qat’i nazar işdan böşatib yuboriş bilan tahdid qilgandi.

















