Rossiyada spam-qönğiroqlar va kreditlarning töliq qiymati körsatilmagan reklama uçun ma’muriy javobgarlik kuçaytirildi, tegişli qonun prezident Vladimir Putin tomonidan imzolandi.
Spam qönğiroq — mijozning roziligisiz unga qönğiroq qilib, turli tovarlar va xizmatlarni taklif etiş.
Endi bunday qonunbuzarlik uçun fuqarolar 10-20 ming rublgaça (1,3 mln – 2,7 mln söm), mansabdor şaxslar 20-100 ming rublgaça (2,7 mln – 13,6 mln söm), yuridik şaxslar 300 mingdan 1 million rublgaça (41 mln – 137 mln söm) jarima tölaydi.
«Spam-qönğiroqlar amaliyoti kompaniyalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, şuningdek, kredit va mikromoliya taşkilotlari örtasida keng tarqalgan bölib, uning asosiy maqsadi fuqaroga ma’lumotni töliq emas, balki qisman beriş orqali noqonuniy boyişdir», deyiladi hujjatda.
Şuningdek, qonun bilan kreditning foiz stavkalari, töliq qiymati töğrisidagi ma’lumotlarni bir xil şrift ölçamida taqdim etmaslik uçun ham javobgarlik joriy etildi. Uşbu talabni buzganlik uçun kompaniyalar uçun jarima 600 mingdan 1,6 milliongaça, mansabdor şaxslar uçun - 40-100 ming rublni taşkil qiladi.

















