Yuridik şaxslarning avtomobil import qilişi tartibi özgargani aytilmoqda. Kadastri yöq hovlilarni qonuniylaştirişga ruxsat beriladi. Qaşqadaryoda prokuratura tergovçisi 5 ming dollar bilan uşlandi. Elektron sigaretalar va tamakini qizdiriş tizimlari sotuvi taqiqlanişi mumkin. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Prezidentning Jizzaxga taşrifi

Özbekistonda avtomobilsozlik sohasiga kelgusi uç yilda 1 mlrd dollar investitsiya jalb qiliş, bu orqali işlab çiqariş quvvatlarini qöşimça 100 mingtaga oşiriş, mahalliylaştiriş darajasini esa 50 foizga yetkaziş rejalaştirilyapti. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga taşrifi vaqtida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari Roodell kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan “ADM Jizzakh” zavodini borib kördi. Xabar qilinişiça, bu yerda oxirgi uç yilda Kia, Chery va Haval brendlari ostida 23 turdagi 36 mingta avtomobil yiğilgan. Birinçi bosqiçda işlab çiqariş yirik uzelli yiğiş asosida taşkil etilgan, şu yil mart oyidan boşlab yangi texnologik quvvatlar işga tuşirilgan. Prezident zavodda işlab çiqariş boşlangan yangi Kia Sonet avtomobili bilan tanişdi, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş böyiça körsatmalar berdi.

Taşrif davomida Foriş tumanida 500 MW quvvatga ega, qiymati 350 mln dollarlik quyoş elektr stansiyasi qurilişiga start berildi. Şuningdek, Ğallaorolda 500 mln dollarlik metallurgiya kompleksi qurilişi boşlandi. Viloyatni rivojlantiriş böyiça ötkazilgan yiğilişda Aydar-Arnasoy köllar tizimida turizmni rivojlantiriş, buning uçun hukumat komissiyasi tuziş böyiça topşiriq berildi. Sentyabr oyidan boşlab Şarof Raşidov, Paxtakor, Döstlik va Mirzaçöl tumanlarini Jizzax şahri bilan boğlovçi “Irjar – Döstlik – Jizzax” yönalişida teplovoz qatnovi yölga qöyiladigan böldi. Viloyatda aholi tomorqalaridan unumli foydalaniş uçun 309 ta mahallaga yetakçi tadbirkor-eksportçilar biriktirilişi belgilandi.

Çeklovlar elektromobillar narxiga ta’sir qildi

Avtomobilsozlik mavzusi hukumat yiğilişlari bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ham köp va xöp muhokama qilinyapti. Hafta davomida ikki nafar avtobloger mahalliy avtosanoatni himoya qiliş, buning uçun importni böğiş kerakligini aytib çiqişi, bu fikrga qarşi bölganlarni kaltafahmlikda ayblaşi tarmoqda şov-şuvni keltirib çiqardi. Buning ortidan jamoatçilik vakillari bu blogerlarning UzAuto Motors bilan hamkorlik qiladigan piar-kompaniya bilan şartnomasi borligiga e’tibor qaratdi.

Kun.uz borgan sari ildiz otayotgan proteksionizm va uning tarafdorlari tomonidan tez-tez tilga olinadigan miflar haqida AQŞda ilmiy faoliyat olib borayotgan iqtisodçilar Botir Qobilov va Behzod Hoşimov bilan suhbat taşkil etdi. Mutaxassislar suhbat davomida “valuta çetga çiqib ketadi” yoki “iş örinlari yöqoladi” degan xavotirlar nega asossiz ekani, davlat nima uçun biznes bilan şuğullanmasligi kerakligi, importga çeklov qöyiş qanday qilib eksportga ham tuşov bölişi, özi umuman nega importning köpligi vahima qiladigan narsa emasligini tuşuntirib berişdi. Suhbatni YouTube sahifamizda tomoşa qiling.

Hafta davomida ma’lum bölişiça, 1 apreldan deb reja qilingan, lekin hozirça rasman e’lon qilinmagan çeklovlar amalda kuçga kirib bölgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda #erkinraqobat va #erkinraqobattarafdorimiz heşteglari ostida oçiq murojaat bilan çiqqan önga yaqin avtosalonlar rahbarlari ma’lum qilişdi. Rasman Texnik tartibga soliş agentligining taşabbusi deyilayotgan yangi çeklov bojxonadan ötkaziş tartibi va muvofiqlik sertifikati bilan boğliq. Bu çeklovlar ayniqsa elektromobillar bozoriga eng köp ta’sir qildi. “Avtostrada” xabariga köra, mart oyida 17-18 ming dollarga sotilgan ayrim modellar narxi hozirda 19500 dollardan boşlanadi. Jamoatçilik faollari joriy etilayotgan yangi çeklovning qançalik qonuniy ekanini savol ostiga olmoqda.

Özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalariga – “amnistiya”

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi “Özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan bino va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonunni qabul qildi. Qonun keyingi bosqiçlardan ötib kuçga kirsa, fuqarolarga özboşimçalik bilan egallab olgan yer uçastkalarini muayyan şartlar asosida qonuniylaştirişga ruxsat beriladi. Bunda yer uçastkasining öziga nisbatan ijara huquqi, şu uçastkada joylaşgan köçmas mulk obektlariga nisbatan esa mulk huquqini oliş mumkin böladi.

Adliya vazirligi izohiga köra, 2016 yildan hozirgaça 5 marta e’lon qilingan “aksiyalar”da hammasi bölib 1 million 338 mingta özboşimça qurilgan uy hujjatlaştirilgan. Yangi qonun esa 3,8 milliondan ortiq fuqaroning 493 ming gektarga teng yer uçastkalari taqdirini belgilab beradi. Noqonuniy uy-joylarni qonuniylaştiriş orqali propiska, moddiy yordam, maktab, boğça va kommunal xizmatlar sohalarida yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni hal etiş maqsad qilingan.

Mehnat migratsiyasi böyiça farmon

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi böyiça yangi farmonni imzoladi. Hujjat bilan, 2024 yil 1 iyundan boşlab, “Xorijda iş” portalida röyxatdan ötgan va taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga imtihon, viza va yöl çiptasi xarajatlarining bir qismi qoplab beriladigan böldi: xorijiy tillar va kasb böyiça malaka imtihonlarini topşiriş uçun qariyb 1 mln sömgaça, “işçi viza” rasmiylaştiriş uçun 1,7 mln sömgaça, yöl çiptasi uçun esa 680 ming sömgaça kompensatsiya tölanadi.

Farmonga köra, 2024 yil 1 sentabrga qadar xorijda vaqtinça işlayotgan yurtdoşlarga yordam körsatiş uçun tun-u kun işlaydigan koll-markaz taşkil etiladi. Koll-markazga çet eldan turib bepul qönğiroq qiliş imkoniyati yaratiladi. Şuningdek, migrantlar uçun mobil ilova yaratilib, unda özbekistonliklar köp boradigan davlatlar va u yerdagi böş iş örinlari haqida ma’lumotlar joylaştiriladi. Qiyin hayotiy vaziyatga tuşib qolgan vatandoşlar ilova orqali yordam körsatuvçi taşkilotlar bilan boğlanişi mumkin böladi.

2024 yil 1 iyuldan e’tiboran, xususiy bandlik agentliklariga fuqarolarni çet elda işga joylaştiriş böyiça xizmatlar körsatganlik uçun haq undirişga ruxsat beriladi. Bunda fuqarolar tölagan mablağlar banklardagi maxsus hisobvaraqda saqlanadi, agentlik öz majburiyatlarini töliq bajarganidan keyingina uning hisobvarağiga ötkaziladi. Bundan taşqari, 2024 yil 1 iyundan boşlab mehnat migratsiyasidan qaytganlarni işga olgan korxonalarga har bir xodim uçun 12 oy davomida oyiga 500 ming sömdan subsidiya tölanadi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Qarşi tumani prokuraturasi tergovçisi pora bilan qölga tuşdi. Boş prokuraturaning ma’lum qilişiça, u jinoyat işi böyiça aybdor şaxsga yengillik qilib beriş evaziga 5 ming dollar olgan. Angren şahrida esa IIB jinoyat-qidiruv bölimi xodimi narkotik savdosiga aralaşgani uçun qamoqqa olindi. Uning Cobalt avtomobilidan gaşiş giyohvandlik moddasi topilgan. Organ xodimi öz jinoiy şerigi bilan birga gaşişni sotmoqçi bölgani aytilmoqda.

Özbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdiriş tizimlari muomalasi taqiqlanişi mumkin. Soğliqni saqlaş vazirligi bu haqdagi qonun loyihasini muhokamaga çiqardi. Unda elektron sigaretalar va tamakini qizdiriş tizimlarini olib kiriş, işlab çiqariş va sotişni ma’muriy va jinoyat kodekslariga kiritiş taklif etilgan. Tahlillarga köra, elektron sigaretalarni çekuvçi ösmirlar va yoşlar soni katta yoşdagilarga nisbatan uç barobar köp. 2023 yildagi reydlar vaqtida maktab öquvçilaridan mingdan ortiq elektron sigaretalar olib qöyilgan.

Özbekiston aholisi örtaça neça yoşda ekani ma’lum qilindi. Statistika agentligining hisob-kitoblariga köra, 2023 yilda Özbekiston aholisining örtaça yoş 29 yoşni taşkil etgan. Aholining örtaça umr köriş davomiyligi esa 74,7 yoşni taşkil etadi. Ma’lum qilinişiça, Özbekistonda ayollar örtaça 77 yil, erkaklar esa 73 yil umr köryapti.

Rossiyaning Samara viloyatida Özbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus halokatga uçradi. Çimkentdan yölga çiqqan, Nijniy Novgorodga qarab ketayotgan avtobus 8 aprelga ötar keçasi Samara viloyatining Kinel tumanida yöldan çiqib ketib, ağdarilib ketgan. Scania rusumli avtobusda hodisa vaqtida 66 nafar yölovçi bölgan, ularning 20 dan ortiği jarohatlangan, 2 nafari halok bölgan. Tergov qömitasi xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar körsatiş moddasi bilan jinoyat işi qözğatdi.

Toşkentda ekstremistik guruhlarga qöşilişda gumonlangan bir qator şaxslar qölga olindi. Ularning uylarida 45 ta tergov-tintuv tadbirlari ötkazilgan. Poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xabariga köra, 2024 yilning uç oyi davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan boğliq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat işi va 188 ta ma’muriy iş qözğatilib, 264 kişi javobgarlikka tortilgan. Avvalroq, Moskvadagi teraktdan keyin, prezident Şavkat Mirziyoyev jamoat tartibini saqlaş böyiça çoralarni kuçaytiriş böyiça topşiriq bergandi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova