Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat va xavfsizlik böyiça oliy vakili Jozep Borrel Bryusselni Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari, xususan, Patriot tizimini taqdim etişga çaqirdi. U 18 aprel, payşanba kuni bölib ötgan «Katta yettilik» taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi çoğida buni Vaşingtonda Ukrainaga harbiy yordamni moliyalaştiriş böyiça qanday qaror qabul qilinişidan qat’iy nazar amalga oşiriş kerakligini aytdi.
«Biz yolğiz AQŞga tayanolmaymiz. Mas’uliyatni öz zimmamizga olişimiz va «Qöşma Ştatlar buni qiladi» deyişni töxtatişimiz kerak. Bizda Patriot bor, raketaga qarşi mudofaa tizimlari mavjud. Ularni kazarmalardan olib çiqib, uruş davom etayotgan Ukrainaga jönatişimiz kerak, ammo buni tezda qiliş şart», dedi u.
Borrel: Ğarb tezroq qaror qabul qilişi lozim
Yevropa diplomatiyasi rahbari Yevropa, Yaponiya, Kanada va Qöşma Ştatlar «Ukrainani yanada samaraliroq qöllab-quvvatlaş uçun tezroq qaror qabul qilişi kerakligini» ta’kidladi. «Çunki biz Rossiyaning Ukrainada ğalaba qozonişiga yöl qöya olmaymiz. Ukrainaliklar jang qilmoqda, ammo ularga qurol kerak. Va ularni tezroq berişimiz lozim», - dedi Borrel.
Uning sözlariga köra, bu çaqiriq bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlariga murojaat qilgan va yaqin kunlarda Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini köproq berişga qaratilgan aniq qarorlar qabul qilinişi kerak. «Aks holda, Ukrainaning energetika tizimi vayron böladi va heç bir mamlakat uylarda, fabrikalarda, frontda elektr energiyasisiz kuraşa olmaydi, - deya ta’kidladi Jozep Borrel Rossiya tomoni ukrainaliklar zulmatda, sovuqda yaşaşini va zavodlar töxtab qolişini istaşini qöşimça qilib. - Buning oldini olişning yagona yöli - Ukrainani yanada samaraliroq va kuçli havo mudofaasi imkoniyatlari bilan ta’minlaş».
Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok ham G7 hamkorlarini Ukrainani qöşimça havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlaşga çaqirdi. U AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken bilan ikki tomonlama uçraşuvda qöşimça Patriot qurilmalarini yetkazib beriş masalasini kötariş niyatida ekanini aytdi.

















