Belgorod va Belgorod viloyati uzra havo hujumidan mudofaa tizimi işlab ketdi va şaharga yaqinlaşganda 25 ta havo nişonini urib tuşirdi. Bu haqda viloyat gubernatori Vyaçeslav Gladkov 19 aprel, jumaga ötar keçasi özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritişiça, Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan amalga oşirilgan hujum natijasida heç kim jabrlanmagan, ammo turar joy binolariga zarar yetgan.
Xususan, Belgorodda uçta xususiy uyning derazalari singan va fasadlariga zarar yetgan, dedi Gladkov. Şuningdek, törtta ombor hududida ham turli xil zararlar aniqlangan. Omborlardan birida yonğin sodir bölib, yonğin öt öçiruvçilar tomonidan tezda öçirildi. Bundan taşqari, sanoat korxonasi binolaridan birining panjarasi şikastlangan va oynalari singan, 11 ta avtomobilga zarar yetkazilgan va bitta garajning tomi tuşib ketgan.
Belgorod viloyatining Tavrovo qişloğida, xususiy uyning tomi va panjarasiga parçalar zarar yetkazgan, bitta maşina ham şikastlangan, deya qöşimça qildi Gladkov.
Ukraina harbiylari Belgorod viloyatining öqqa tutilişi haqida izoh bermadi.

















