Toşkent şahrida öğlini onasidan majburan ajratib olib ketmoqçi bölgan va uni kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, 23 mart kuni ota (M.X.) Çilonzor tumanidagi dökonga borib, u yerdan öğlini olib ketmoqçi bölgan. Ammo öğil u bilan ketişni istamagan. Şunda ota unga zöravonlik işlatgan. 

Holat böyiça IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilganda, er va xotin örtasida özaro kelişmovçilik holatlari muntazam ravişda yuz bergani, 2 fevral kuni Örtaçirçiq tumani IIB tomonidan onaga himoya orderi berilgani aniqlangan. Şundan söng, ma’muriy iş qözğatilib, materiallar sudga yuborilgan. 

2024 yil 27 aprel kuni M.X. sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik) va 185-(2) moddalari (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş) böyiça aybdor deb topilib, 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.