Ukrainadagi uruş boşidanoq Yevropa Ittifoqi mamlakatga öz yordamini va’da qilgan va uni harbiy harakatlar tugaguniga qadar davom ettiriş niyatida. Bu haqda 28 aprel, yakşanba kuni Ar-Riyodda bölib ötgan Jahon iqtisodiy forumi sessiyasida sözga çiqqan Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.

Borrel uruş boşlanişidan biroz avval, 2022 yil yanvarida Donbassga taşrif buyurgan va Ukraina boş vaziri Denis Şmixal bilan uçraşganini esladi. Diplomatning sözlariga köra, Ukraina rasmiylari unga rus qöşinlari hujumiga tayyorgarlik körayotganliklarini aytgan va Yevropa Ittifoqi nima qilmoqçi ekanligini söragan: Ukrainani taslim bölişga çaqiriş yoki zarur qurollarni yetkazib berişga yordam beriş. Borrel öşa paytda bu savolga javob bera olmaganini tan oldi, biroq keyinroq, janglar boşlanganda, YeI Kiyevni qöllab-quvvatlaşini e’lon qildi. 

«Biz Ukraina xalqini qöllab-quvvatlaşda davom etişimiz kerak. Ovröpoliklar Donbass uçun ölmaydi, ammo biz ukrainaliklarga Donbass uçun ölimni töxtatişga yordam bera olamiz», - dedi Borrel. Uning ta’kidlaşiça, YeI uruş boşlanganda Ukrainaga yordam taqdim etişga va’da bergan va u oxirigaça böladi, ammo «bu, afsuski, tez orada amalga oşmaydi».