Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi özgardi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Buloqboşi tumani hokimi Ötkirbek Ma’murov Marhamat tumani hokimligiga ötkazilgan.
Ötkirbek Ma’murov 1973 yilda Oltinköl tumanida tuğilgan. 1997 yilda K.Timiryazev nomli Moskva qişloq xöjaligi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida qişloq xöjaligi sohalarida agronom, mudir, rais örinbosari, rais, boşqarma boşliği örinbosari kabi lavozimlarida işlagan.
U 2017 yil dekabrida Buloqboşi tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Marhamat tumaniga 2020 yil mayidan buyon Bobur Yöldoşev hokimlik qilib kelayotgandi. U 2022 yil fevralida tumandagi öqituvçilarni ota-onalar majlisida uzr söraşga majbur qilgani bilan maşhur bölgandi.

















