Amerikalik diplomat elçixonada AQŞ mustaqilligining 248 yilligiga bağişlangan tadbirda nutq sözladi. Unda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov ham iştirok etdi. (AQŞ mustaqilligi 4 iyulda, ammo diplomatik doiralarda ertaroq nişonlanişi ham mumkin). 

AQŞ elçixonasidagi bu yilgi tadbir Amerika milliy boğlariga bağişlandi. 

«Bugungi tadbirimiz bizga sevimli bölgan AQŞ milliy boğlari mavzusiga bağişlanib, ularning birinçisi bundan 150 yildan ortiq avval taşkil etilgan. Har yili 330 milliondan ortiq amerikalik va çet ellik sayyoh Yosemite, Yyellouston, Grand Kanyon va boşqa köplab boğlarimizda muhofaza etiladigan ajoyib tabiat gözalligidan bahramand bölişadi. Darhaqiqat, yoz oylarida oila bilan maşinada milliy boğlarni ziyorat qiliş maqsadida safarga otlanişdan ham ortiqroq amerikaça an’ana mavjud emas», dedi elçi. 

Jonatan Henik «oddiy, ammo inqilobiy ğoya bölmaganda», uşbu boğlar bugungi kunda yöqolib ketgan bölişini ta’kidladi. 

«Bu ğoyaga köra, uşbu hayratomuz manzalaralar imtiyozlarga ega ozçilik uçun emas, balki hamma uçun birday tegişli bölgan xazinadir. Prezident Franklin Ruzvelt bu ğoyaga mana bunday ajoyib ta’rif bergandi: «Bizning milliy boğlarimizdan ham ortiqroq amerikaça heç narsa yöq… Milliy boğlar ortidagi asosiy ğoya şuki, mamlakat xalqqa tegişlidir», dedi diplomat. 

Henik sözlariga köra, bu boğlarni barpo etiş oson bölmagan. Ekologlar va tabiatni muhofaza qiluvçilar yoğoç, toğ-kon sanoati, energetika va boşqa manfaatlar borasida bahslaşgan va oxir-oqibat ğalaba qozongan.  

«Natijada, bizning milliy boğlarimiz köpinça Amerikaning «eng yaxşi ğoyasi» deya ta’riflanadi va yer ham xuddi erkinlik kabi qadrlanişi, himoya qilinişi hamda hamma uçun oçiq bölişi kerak degan fikrni ilgari suradi. Bu gözal qöriqxonalar nafaqat tabiat möjizalarimizni saqlab qoladi, balki ular demokratiyaning ham öziga xos ramzi sanaladi», dedi elçi. 

Henikning ta’kidlaşiça, xuddi şunday jarayon hozir Özbekistonda ham kuzatilmoqda, özbekistonliklar boğlarni köpaytiriş hamda, nafas olinayotgan havo va içimlik suvini muhofaza qilişni tarğib etmoqda. 

«Iqtisodiy ösiş va tabiatni asraşga bölgan ehtiyojni muvozanatlaş oson iş emas. Bunda nafaqat hukumat, balki fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va vatandoşlar ham faol iştirok etişi zarur. Gap Özbekiston haqida böladimi yoki Qöşma Ştatlar haqida böladimi, xalqlarimiz öz huquqlarini himoya qiliş va tegişli siyosatni işlab çiqişda iştirok etiş erkinligiga ega bölsalar, mamlakatlarimiz yanada kuçliroq va atrof-muhitimiz yanada xavfsizroq bölişi aniq», dedi elçi.