Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokama portalida «Fuqarolar yiğini raisi saylovi töğrisida»gi qonun loyihasi joylaştirildi.
Yangi tahrirdagi Qonun loyihasi 6 ta bob va 35 ta moddadan iborat bölib (amaldagi qonunda 5 ta bob va 35 ta modda), unda quyidagi asosiy yangiliklar nazarda tutilmoqda:
1) fuqarolar yiğini raisi saylovini umumiy, teng, töğridan töğri saylov huquqi asosida yaşirin ovoz beriş orqali ötkaziş belgilanmoqda;
2) saylovga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkazişga doir barça tadbirlarda, saylov kuni ovoz beriş xonalarida va ovozlarni sanab çiqişda iştirok etuvçi kuzatuvçilarning tarkibi, huquq va majburiyatlari belgilanmoqda;
3) fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzod tegişli hududdagi köçalar, köp kvartirali uylardan doimiy yoki vaqtinça istiqomat qilayotgan saylaş huquqiga ega bölgan fuqarolar umumiy sonining kamida ön foizi kiritgan taklif asosida körsatilişi nazarda tutilmoqda;
4) fuqarolar yiğini raisi saylovini taşkil etiş va ötkaziş böyiça işçi guruhning miqdor tarkibi hamda vakolatlari aniqlaştirilmoqda, xususan, ovoz beriş binolarini jihozlaş va ularda zarur tartibni saqlab turiş mas’uliyati işçi guruh zimmasiga yuklatilmoqda;
5) fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzodning saylovoldi taşviqoti olib boriş uçun işonçli vakilga ega böliş tartibi belgilanmoqda.
Şuningdek, Özbekiston mahallalari uyuşmasi va uning hududiy bölinmalarining saylovdagi örni hamda takroriy ovoz berişni ötkaziş va böşab qolgan örinlarga fuqarolar yiğini raisi saylovi ötkazişning aniq tartibi va muddatlari belgilanmoqda.

















