Oliy Majlis Senati ellik ikkinçi yalpi majlisi 18 may, şanba kuni bölib ötadi, deya xabar bermoqda yuqori palata matbuot xizmati.

Video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda ötkaziladigan yalpi majlisda «Soliq kodeksining 227−1-moddasiga özgartiriş kiritiş töğrisida»gi, Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasining faoliyatini, şuningdek, ijro işini yuritiş hamda baholaş faoliyatini yanada takomillaştiriş munosabati bilan ayrim qonun hujjatlarga qöşimçalar va özgartiriş kiritiş haqidagi qonunlarni muhokama qiliş nazarda tutilgan.

Majlis kun tartibidan davlat mulkini ijaraga beriş sohasidagi qonunçilikni buzganlik uçun ma’muriy javobgarlikni kuçaytiriş, sport sohasida korrupsiyaning oldini oliş maqsadida Jinoyat kodeksiga qöşimçalar kiritiş, Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş hamda Qurol töğrisidagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 220−1-moddasiga qöşimça kiritiş xususidagi qonunlar ham örin olgan.

Bundan taşqari, Özbekistonning xalqaro hujjatlarga qöşilişi hamda ularni ratifikatsiya qiliş haqidagi qonunlarni ham muhokama qiliş rejalaştirilmoqda.

Navbatdagi yalpi majlisda Markaziy bankning 2023 yildagi faoliyati töğrisidagi hisoboti, Inson huquqlari böyiça Milliy markazi direktorining Özbekistonda inson huquqlari böyiça xalqaro majburiyatlarga rioya qilinişining holati töğrisidagi axboroti hamda Vazirlar Mahkamasiga yaylovlar degradatsiyasining oziq-ovqat xavfsizligiga, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqarişga hamda atrof muhitga salbiy ta’siri yuzasidan yuborilgan parlament sörovi natijalari körib çiqiladi.