Ortayotgan tengsizlik, xandaqqa qulagan uy va Töqayevning bayonoti - hafta dayjesti
|01:38 / 19.05.202422 68216 min
Sobiq boş prokurorning öğli Dubayda millioner ekani ma’lum böldi. Boylar va kambağallar örtasidagi farq kattalaşyapti. XVJ hukumatdan amaldorlar qaçon mol-mulklari haqida hisob berişini söradi. Ayrim taşqi kuçlar Markaziy Osiyo davlatlarini bir-biriga qarşi gijgijlayapti. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.
Iqtisodiy tengsizlik ortib bormoqda
Özbekiston aholisi orasida daromadlar böyiça tabaqalaniş darajasi ortib boryapti. Oddiyroq aytganda, boylar va kambağallarning topiş-tutişi örtasidagi farq kattalaşyapti. Bu holatga Jahon banki ekspertlari Özbekistondagi kambağallik darajasiga doir şarhida e’tibor qaratdi.
Taşkilotning qayd etişiça, Özbekistonda 2015–2022 yillarda xalqaro standartlar asosida ölçangan kambağallik darajasi 2 barobarga qisqarib, 36 foizdan 17 foizga tuşgan. Bu – mintaqadagi eng yaxşi körsatkiçlardan biri. Lekin, boşqa tarafdan, oxirgi paytlarda daromadlarning ösişi asosan badavlat qatlamga mansub kişilar orasida yuz beryapti. Raqamlarga qaraganda, 2022-2023 yillarda aholining eng badavlat 10 foizlik qismining daromadi 30 foizdan köproqqa oşgan, eng kambağal 10 foizlik qatlamning daromadi esa atigi 6 foizga ösgan. Xalqaro ekspertlarning aytişiça, bunday iqtisodiy tengsizlikning çuqurlaşişi oqibatida mamlakatda kambağallikni qisqartiriş qiyinlaşib boryapti.
Iqtisodiy tengsizlik ortayotganini hukumatning rasmiy statistikasi ham tasdiqlaydi. Masalan, 2020 yilda Toşkent şahri va Surxondaryo viloyatidagi örtaça oylik maoşlar örtasida farq 74 foiz bölgan bölsa, hozir bu salkam 2,5 barobarga yetgan. Sohalar kesimida esa, 2019-2023 yillar oraliğida ta’lim va tibbiyotdagi oylik maoşlar moliya sohasidagi oylik maoşlarga qaraganda 2,5 barobarga sekinroq ösgan.
Iqtisodiy tengsizlikni kuçaytiradigan omillardan biri – inflatsiya. Şu hafta Markaziy bank e’lon qilgan sörov natijalariga köra, aprel oyida aholiga sezilgan yillik inflatsiya darajasi 13,7 foiz, Toşkentda esa 17,4 foiz bölgan. Poytaxtda yaşovçi har uçta respondentdan birining fikriça, oxirgi bir yilda narx-navolar 21 foizdan köproqqa oşgan.
Sörovda köplab özbekistonliklar ayniqsa davolaniş xarajatlari oşganini aytgan. Bu – 1 apreldan boşlab dori vositalari va tibbiy xizmatlar uçun qöşilgan qiymat soliği böyiça imtiyoz
edi. Lekin e’tiborlisi, köp ötmay QQS zanjiri uziladigan boşqa bir soha paydo böldi: duşanba kuni imzolangan qonun bilan, zargarlik sohasi uçun qimmatbaho toşlarni olib kiriş QQSdan
. Bu örinda, boy-u kambağalga birdek zarur dori-darmon va tibbiy xizmatlardan farqli ravişda, zargarlik buyumlaridan örtahol va öziga töq qatlam foydalanişini ta’kidlab ötiş maqsadga muvofiq.
XVJ: Qaçon özbek amaldorlari mol-mulkini oçiqlaydi?
Bu hafta Xalqaro valuta jamğarmasi ham Özbekistondagi iqtisodiy holat böyiça öz şarhini e’lon qildi. Jamğarma rasmiylarining Toşkentga 2024 yilgi taşrifi xulosalarida aytilişiça, Özbekiston iqtisodiyoti uçun istiqbollar “umuman olganda ijobiy, lekin içki va taşqi xatarlar saqlanib qolyapti”. Taşqi xatarlar sifatida Ukrainadagi uruşning avj olişi, tovarlar narxining özgaruvçanligi va jahon iqtisodiyotida stagnatsiya boşlanişi bilan boğliq ehtimollar sanab ötilgan. Davlatning ortiqça xarajatlarni qisqartirişni paysalga solişi, davlat iştirokidagi korxonalar va davlat-xususiy şeriklik bitimlari böyiça majburiyatlar yuzaga kelişi mumkinligi esa içki xatarlarni taşkil etadi.
Xalqaro valuta jamğarmasi Özbekiston hukumati uçun öz tavsiyalarini ham bergan. Monetar omillar qatorida qattiq pul-kredit siyosatini saqlaş qoliş, energiya narxlari tufayli kerak bölsa asosiy stavkani kötariş, Markaziy bankning mustaqilligini oşiriş, tijorat banklarini xususiylaştiriş, direktiv kreditlaşni qisqartiriş zarurati körsatilgan. Şuningdek, almaşuv kursini boşqarişdan voz keçiş tavsiya etilyapti. Kursning egiluvçan bölişi ehtimoliy şoklarni yengilroq qabul qilişga va zaxiralarni saqlaşga yordam beradi, degan iqtisodçilar. Oxirgi ma’lumotlarga köra, Özbekiston fevral va mart oylarida jahonda eng köp oltin sotgan davlat bölgan.
Yuqoridagilardan taşqari, XVJ Özbekiston rasmiylarini ançadan beri va’da qilinayotgan tarkibiy islohotlarni ortiq çözmaslikka çaqirdi. Rasmiy bayonotda Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş, sud tizimining mustaqilligini oşiriş, davlat xizmatçilarining aktivlarini deklaratsiyalaş va manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi qonunlarni tezroq qabul qiliş tavsiya etilgan. Eslatib ötamiz, davlat amaldorlarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalaş tizimi 2022 yil 1 yanvardan işga tuşişi kerak edi. “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonun esa Senat tomonidan ma’qullanganiga 1 iyun kuni roppa-rosa bir yil böladi.
Sobiq boş prokurorning öğli – Dubayda millioner
Özbekiston sobiq boş prokurorining öğli Dubayda millionlab dollarlik köçmas mulklarga egalik qiladi. Xalqaro suriştiruvçi jurnalistlar tarmoğiga köra, bu yerda gap Raşid Qodirovning öğli Alişer Qodirov haqida ketyapti. Suriştiruv xulosalarida aytilişiça, Dubaydagi Marina Plaza nomli osmonöpar binoda Alişer Qodirovning törtta ofisi bor. Har birining qiymati qariyb 2 mln dollarga baholangan.
Özbekiston Boş prokuraturasini 15 yil boşqargan Raşid Qodirov 2018 yilda qamoqqa olinganidan köp ötmay, uning öğli Alişer Qodirov qidiruvga berilgan edi. U juda köp miqdordagi tovlamaçilik va firibgarlik moddalari bilan ayblangan. Qidiruvning hozirgi holati ma’lum emas – Içki işlar vazirligi saytidan qidiruvdagi şaxslar haqida ançadan beri ma’lumot olib bölmay qolgan.
Eslatib ötamiz, 2000-2015 yillarda Özbekiston boş prokurori bölgan Raşid Qodirov 2019 yilda bir qator oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir qilişda aybli deb topilib, 69 yoşida 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 2023 yil yanvarida u muddatidan avval şartli ozodlikka çiqarilgani ma’lum bölgandi.
14 may kuni Samarqand viloyatida Juma şahrida röy bergan voqea butun Özbekistonga ovoz böldi. Bu yerda quriliş qiliş uçun xandaq notöğri qazilgani oqibatida, qöşni uy qulab tuşdi. Internetda tarqalgan videoda ikki qavatli uyning qulaşi tasodifan emas, kutilgan holda röy bergani, holatni köçada odamlar tomoşa qilib turganini köriş mumkin. Uydagi odamlar qasir-qusur ovozlardan keyin uyni tark etişga ulgurgan. Heç kim jabrlanmagan.
Voqea joyida bölgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, qulab tuşgan uyning oldida avval eski uy bölgan. Uni tadbirkorlar sotib olib, örniga kattaroq dökon qurişni maqsadida xandaq qazigan. Kerakli hujjatlar rasmiylaştirilib, quriliş qilişga ruxsat olingani, lekin texnologik jarayon notöğri bölgani aytilyapti.
Qulagan uy egasining aytişiça, u quruvçilardan bir neça marta qaziş işlarini töxtatişni talab qilgan, aks holda uyi qulab tuşişini aytgan, lekin quruvçilar qaziş işlarini davom ettiravergan. Mulkdor öziga yetkazilgan moddiy zararni 300 ming dollarga baholagan, şuningdek, qöşnisiga nisbatan qonuniy çora körişni sörab ariza bergan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Markaziy Osiyodagi hamjihatlikni körolmayotganlar bor
Ayrim taşqi kuçlar Markaziy Osiyo davlatlari örtasida tarqoqlikni keltirib çiqarişga urinyapti. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev bayonot berdi. U beşta respublikani bir-biriga qarama-qarşi qöyiş va mintaqada tarqoqlikni yuzaga keltirişga urinayotgan taşqi kuçlar borligini aytib, mintaqa davlatlarini bunday kuçlarga bahamjihat qarşi turişga çaqirdi.
“Biz bunday yondaşuvlar va urinişlarni qat’iyan rad etamiz. Umuman olganda, mamlakatlarimiz örtasida biz özaro maqbul yeçim topa olmaydigan masalalar yöq va bölmasligi ham kerak”, – dedi Töqayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengaşlari kotiblari bilan uçraşuvda.
Qöşimça qilib ötamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning şu hafta Xitoyga taşrifi vaqtida odatga köra Markaziy Osiyo haqida ham muhokamalar bölgan. Putin va Si Jinping özaro muzokaralardan keyin e’lon qilgan qöşma bayonotida Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişi qayd etib ötilgan. Şuningdek, bayonotda AQŞ nafaqat Afğonistonga, balki unga qöşni bölgan mintaqaga ham öz harbiy infratuzilmasini joylaştirişga urinmasligi kerakligi ta’kidlangan.
Rossiyada huquqbuzarlik qilganlar Qozoğistonda qölga olinmoqda
Qozoğistondagi huquq organlari Rossiyada huquqbuzarlik sodir etişda gumonlanayotgan çet el fuqarolari, xususan özbekistonliklarni ham hibsga ola boşladi. Bu – Qozoğiston va Rossiya örtasida ma’muriy va jinoiy işlar böyiça hamkorlikni kengaytirişga oid bitim kuçga kirgani bilan boğliq. Şunga asosan, oxirgi paytlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan Özbekiston fuqarolari Qozoğiston çegarasini kesib ötiş vaqtida hibsga olinayotgan holatlar kuzatilyapti.
Bu haqda xabar bergan Migratsiya agentligiga köra, hibsga olingan şaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar böyiça yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanyapti. Şu sababli Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, Özbekistonga kelgan fuqarolarga Qozoğistonga bormaslik tavsiya etilyapti.
Migratsiya agentligi, şuningdek, boşqa bir bayonoti bilan Rossiyada işlayotgan özbekistonliklarni ogohlikka çaqirdi. Ogohlantiriş sönggi vaqtlarda köpayib qolgan norasmiy kur’yerlik xizmatlari bilan boğliq. Bunday xizmatlarga yollanib, narkotik yoki boşqa taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berayotganlar qölga olinib, jinoiy javobgarlikka tortilyapti. Bu holda migrantning qamoqdan keyingi manzili uruş maydoni bölişi mumkin.
Özbekistonliklar uçun Koreya qişloq xöjaligida mavsumiy işlaş imkoniyati tiklanmoqda
Özbekiston fuqarolari yana Janubiy Koreyaga qişloq xöjaligidagi mavsumiy işlar uçun borişi mumkin böladi. Bundan taşqari, kollej yo texnikumni tugatgan yoşlar ham oliy ma’lumotga ega bölmay turib Koreyada işlaşi mumkin böladi. Bandlik vazirligining xabar berişiça, vazir Behzod Musayevning Seulga safari davomida koreys tomoni bilan şunday kelişuvga erişilgan.
Ma’lumot uçun, pandemiyadan keyin, 2021 yilda Koreya özbekistonliklarni mavsumiy işlarga yana jalb qila boşlagan, lekin işlaşga borgan özbeklarning köpi mehnat şartnomasini buzib, belgilangan vaqtda ortga qaytmagani uçun jarayon töxtab qolgandi. Endilikda, Bandlik vazirligidan ma’lum qilişlariça, Koreya Adliya vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Koreya tomoni özbekistonliklarga işçi vizalar berişni kengaytirişga rozi bölgan, lekin buning uçun özbekistonlik işçilar Koreyaning mehnat qonunçiligini buzmasligi, nolegal faoliyatga ötmasligi, öz iş joyini asossiz taşlab ketmasligi kerak böladi.
Zöravonlar reyestri tuzilmoqda
Özbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş böyiça qonunçilik bazasini takomillaştiriş işlari davom etyapti. Ötgan yili oiladagi zöravonlik rasman jinoyat deb e’tirof etilib, zöravonlarga qöl kelgan qonunlardagi ayrim “lazeyka”lar yopilgandi. Kuni keça imzolangan prezident qarori bilan bu boradagi qöşimça çoralar belgilandi.
Muhim çoralardan biri – 2025 yil 1 yanvardan boşlab zöravonlar reyestri yuritiladi. Içki işlar organlari bu reyestrga biror-bir şaxsga tazyiq ötkazgan, zöravonlik qilgan yoki zöravonlik qilişga moyilligi bor şaxslarni kiritadi. Reyestrga kiritilgan şaxslarning xulq-atvorini tuzatiş işlariga Milliy gvardiyaning inspektor-psixologlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ham jalb etiladi.
Qaror bilan, 1 iyundan boşlab zöravonlikka uçraganlarga “Inson” markazlarida ijtimoiy, psixologik va yuridik yordamlar körsatiladi. Agar jabrlanuvçilar ança oğir ruhiy holatga tuşib qolgan bölsa, tez yordam bölimlarida yangi taşkil etilayotgan, tun-u kun işlaydigan birlamçi kömak xonalarida 3 kungaça olib qolinib, psixoterapevtik yordam körsatiladi. Bundan taşqari, Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş respublika markazining hududiy markazlarida vaqtinçalik boşpana – şelterlar faoliyati yölga qöyiladi. Jabrlanuvçilar tez yordam bölimida bir neça kun psixoterapevt nazoratida bölganidan keyin, zarurat bölsa ana şu şelterlarga ötkaziladi.
Şuningdek, Mehnat kodeksiga kiritilişi kutilayotgan özgarişlarga köra, iş joyida boşqa xodimga tazyiq yo zöravonlik qiliş xodimni işdan böşatiş uçun asos böladi. Himoya orderi berilgan xodimlar özining ruhiy-emotsional holatini tiklaşi uçun asosiy mehnat ta’tilidan taşqari iş haqi saqlangan holda 10 kunlik qöşimça ta’til olişi mumkin böladi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Prezident Şavkat Mirziyoyev Osiyo kubogi finalida Yaponiya bilan keçgan öyindan taassurotlari bilan örtoqlaşdi. “11 metrni urolmaganidan keyin uç kun uxlamay çiqdim (kuladi). Uning örnida özim bölsam deyman-da, bittagina töp-a... Mahorat körsatişdi, ularning köpi bilan gaplaşdim, telegramma yubordim. Biz ham darrov çempion bölamiz deymiz-da. Birinçi marta jamoaviy komandamiz Olimpiadaga çiqdi, buyam katta yutuq”, dedi davlat rahbari kino sohasi vakillari bilan muloqotda.
Avtomobillar bozorida faollik ketma-ket uç oydan beri pasayyapti. Iqtisodiy tadqiqotlar vaislohotlar markazi tahlillariga köra, aprel oyida avtomobillar savdosidagi pasayiş sur’ati tezlaşib, avtotransport vositalarining umumiy savdosi 19 foizga kamaygan. Bu avtokreditlaş qisqargani bilan boğliq bölişi mumkin. Ayni paytda, bozordagi bunday pasayiş elektromobillar segmentiga taalluqli emas. Aprel oyida oldi-sotdi qilingan elektrokarlar soni 2900 taga yetgan, bu mart oyidagi körsatkiçdan 23 foizga köp.
Buxoro neftni qayta işlaş zavodi AI-80 benzinini işlab çiqarişni töliq töxtatadi. “Özbekneftgaz” raisi örinbosari Odil Temirovning ma’lum qilişiça, hozir zavodda işlab çiqarilayotgan mahsulotning 85 foizini AI-80 benzini taşkil etadi. Şu yil noyabrdan boşlab AI-91 va undan yuqori oktanli benzin işlab çiqarişni köpaytiriş, 2025 yil boşidan esa AI-80 işlab çiqarişni butunlay töxtatiş rejalaştirilgan.
Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi qişloqlardan biriga ayiq bostirib keldi. Jannatmakon mahallasida kutilmaganda paydo bölib qolgan yirtqiç hayvon odamlarning hovlilariga va maktab hududiga ham kirib, öquvçilar hayotiga xavf tuğdirgan, natijada uni otib öldirişga majbur bölingan. Bu jarayonda içki işlar xodimi jarohatlanib, tibbiy tekşiruvdan ötkazilgan. Şunga öxşaş holat ötgan oyda Jizzaxdagi Çakan qişloğida ham röy bergan, toğdan tuşgan ayiq heç kimga hujum qilmay, örmonga kirib ketgandi.
Hukumat tadbirkorlarning eksportdan tuşumlarni yaşirişiga qarşi kuraş boşladi. Bundahukumat qarori bilan töqimaçilik, çarm-poyabzal mahsulotlari, elektr jihozlari va meva-sabzavotlarga minimal eksport narxlari joriy etilyapti. Minimal narxlar rejimi buzilgan taqdirda, tadbirkor foyda soliği böyiça imtiyozdan mahrum böladi, uning faoliyatini Soliq qömitasi va prokuratura departamenti tekşira boşlaydi. Ma’lumot uçun, mahsulot narxini hujjatlarda pasaytirib körsatiş tadbirkorga eksportdan tuşumning bir qismini çet elda qoldiriş imkonini beradi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi