Toşkent şahrida rekonstruksiya va ta’mirlaş işlari olib borilayotgani sababli ayrim köçalarda harakatlaniş vaqtinçalik töxtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. 

Jumladan: 

— Qorasaroy köçasi Nurafşon köçasi bilan kesişmasidan Abdulla Qodiriy köçasi bilan kesişmasigaça, hamda; 

— Kiçik halqa avtomobil yöli Nurafşon köçasi bilan kesişmasidan Qorasaroy köçasi bilan kesişmasigaça 20 may kuni soat 22:00 dan 21 may 6:00 ga qadar, hamda, 21 may kuni soat 22:00 dan 22 may 6:00 ga qadar avtotransport harakati uçun yopiladi. 

Haydovçilarga uşbu vaqt oraliğida aylanma yöllardan foydalaniş tavsiya etilmoqda.