Davlatga qaraşli Asakabank, Sanoatqurilişbank va Aloqabankning Tashkent city'dagi baland köpqavatli binolari (biznes markazlar) sotuvga qöyildi.

Avvalroq SQB özining Yaşnobod tumani filiali örnida 21 qavatli bino qurişi haqida xabar berilgandi. Davlat banklari, şuningdek, Yangi Toşkentda ham binolar qurişi mumkinligi aytilmoqda.

“Nosoğlom bank faoliyati”

Bank-moliya sohasi eksperti Otabek Bakirovga köra, bino qurib sotiş nosoğlom bank faoliyati hisoblanadi, şu sababli bu boradagi vaziyatga Markaziy bankning regulyativ aralaşuvi zarur.

“Özsanoatqurilişbank, Asakabank va Aloqabank Tashkent City'da 5 yil davomida qurib, tugatay deb qolgan yangi binolari investorlarga sotiladi. Bank aksiyadorlari, kengaşi va boşqaruvi binolar nima uçun qurildi va bitay deganda nima uçun sotilyapti, bu jarayonning iqtisodiy, moliyaviy manfaati va afzalligi nimadan iborat böldi, degan savolga javob bera olmasligi aniq.

Lekin bu savolga heç bölmasa, Markaziy bank aniqlik kiritişi kerak. Çunki bino qurib sotiş banklarning vazifasi emas, nosoğlom bank faoliyati hisoblanadi. Markaziy bankning regulyator sifatida qilişi kerak bölgan işlarning biri aynan banklarni kreditor, depozitor va omonatçilar manfaaatlariga xavf soladigan operatsiyalardan tiyişdan iborat”, – deya yozdi Bakirov öz Telegram-kanalida.

Nega Davaktiv?

Mutaxassis binolarni sotiş banklarning öziga emas, amalga oşirayotgan xususiylaştiriş jarayonlari böyiça qator savollar uyğotayotgan Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga topşirilganiga e’tibor qaratdi. U Xalq banki kuni keça özining sobiq boş ofisini mustaqil tarzda onlayn auksionda sotganini misol qilib keltirdi.

Davaktiv öz e’lonida bildirişiça, agentlik istalgan vaqtda va sabablarni tuşuntirmasdan har qanday potensial xaridor bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatiş huquqini özida saqlab qoladi.

“Toshkent City'dagi binolar Xitoyning qimmat kreditlari hisobiga qurilgan”