Rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenko Yer orbitasida ming kunni ötkazgan dunyodagi birinçi odam böldi. Bu haqda «Roskosmos» korporatsiyasiga tayanib TASS xabar berdi. 

«Bugun «Roskosmos» kosmonavti Oleg Kononenko Xalqaro kosmik stansiyada işlagan holda dunyoda birinçi marta kosmik parvozlarining umumiy davomiyligi 1 ming kunga yetdi», deyiladi xabarda. 

Kononenko öz faoliyatidagi beşinçi kosmik parvozini amalga oşirmoqda. 4 fevral kuni u beşta missiya (1998 yildan 2015 yilgaça) davomida jami 878 kun 11 soat 29 daqiqa 48 soniya davomida koinotda bölgan rossiyalik kosmonavt Gennadiy Padalkaning rekordini yangilagan edi. Iyun oyida u koinotda özining 60 yillik yubileyini nişonlaydi. Parvozi yakuniga yetgaç, uning rekordi 1110 kunni taşkil qiladi. 

Oleg Kononenko 1964 yil 21 iyunda Turkmanistonning Çorjöy (hozirgi Turkmanobod) şahrida tuğilgan. U 2008 yil aprel oyida «Soyuz TMA-12» kosmik kemasida Xalqaro kosmik stansiyasiga (XKS) birinçi parvozini amalga oşirdi. Kononenko Rossiya va Turkmaniston qahramoni unvoniga ega.