8 iyun Qarşida, 9 iyun Termizda bu yilgi yozning eng ajoyib dam oliş kunlari böldi. Pepsi'ning yangi logotipi taqdimoti şarafiga ötkazilgan yirik open air'da unutilmas taassurotlar oliş va xursandçilik qilişni sevadiganlar birga vaqt ötkazişdi. 

Festivalning qiziqarli dasturi va xarizmatik san’atkorlar sabab bir neça soatlar bir zumda ötib ketgandek böldi!

DJ Frost'ning şöx treklari jonli musiqaga ulandi — Bravo simfonik orkestri sevimli filmlar va teleseriallarning saundtreklarini mahorat bilan ijro etdi. Söngra  Double Touch yangi raqs nomerlari bilan sahnaga çiqdi. Bu orada qimmatbaho sovğalar beriladigan tanlovlar tomoşabinlarni xursand qildi. Shokir va Konsta sahnaga çiqqanida esa ular bilan birga butun Qarşi va Termiz ahli hayajon bilan qöşiq kuyladi. 

Qarşidagi oqşomning eng unutilmas nuqtasi dron-şou edi, albatta! Qoronğu osmonda Pepsi'ning yangi logotipi nur soçganida quvonçli hayqiriqlar yangradi. Festival mehmonlari uşbu ajoyib daqiqalardan esdalik qolsin deb uni smartfonlarida suratga olişdi.

Eslatib ötamiz, Pepsi 15 yil içida ilk bor öz dizaynini yangiladi. Brend uşbu tadbirni keng miqyosda va öziga xos uslubda nişonlab, butun mamlakat böylab jonli musiqa festivallarini ötkazmoqda! Özbekistonning har bir fuqarosi öz şahrida bayramning ajoyib atmosferasi, şöx kuy-qöşiqlar va Pepsi'ning yorqin ta’midan rohatlanişi mumkin. 

Unutilmas tadbirning iştirokçisi böliş imkoniyatini qöldan boy bermang. Bizga qöşiling, festival kunlari sevimli musiqalaringiz, ajoyib raqslar va quvonçli lahzalar sizni kutmoqda! Işonamiz, Pepsi'ning yangi logotipi bu yilgi yozning eng yoqimli xotiralaridan biri bölib qoladi!