Vazir Fatimat Şamnoz Ali Salim bilan yana ikki kişi prezident bilan munosabatlarda sehr işlatişda gumonlanib uşlangan. Bu haqda The Stait Times xabar berdi.
Ta’kidlanişiça, atrof muhitni muhofaza qiliş vaziri va yana ikki gumonlanuvçi 23 iyun kuni Maldiv poytaxti Maleda qölga olindi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Işning boşqa tafsilotlari ma’lum emas.
South China Morning Post naşriga köra, Maldivda boşqa biror kişini böysundiriş uçun sehr qiliş amaliyoti keng tarqalgan. Sehrdan siyosatda ham foydalanişadi. Xususan, 2013 yilda Maldiv muholifatini mahallik hukumat va politsiyaga qarşi sehr qöllaşda ayblaşgan.
Maldiv qonunçiligida sehr işlatilganligi uçun jazo belgilanmagan. Biroq mavjud şariat qonunlari böyiça sehrgar va jodugarlar olti oygaça qamoqqa olinişi mumkin.
















