30 iyun kuni Pepsi'ning sönggi 15 yildagi birinçi rebrendingiga bağişlab ötkazilgan musiqiy festival yakunlandi. Özbekistonning 10 şahrida bölib ötgan uşbu yirik bayramona tadbir 115 mingdan ziyod kişini bir yerga jamlab, bu yilgi yozning eng unutilmas va eng yorqin voqeligiga aylandi.

Qarşi, Termiz, Namangan, Andijon, Farğona, Urganç, Nukus, Samarqand, Navoiy, Buxoro – bu şaharlarning barçasi ajoyib musiqiy sayohatning faol iştirokçisi edi. 8 iyundan boşlab, har dam oliş kunlari maşhur rep ijroçilari Konsta va Şokir'ning çiqişlari hammani birdek xursand qildi. Festivalda "BRAVO" simfonik orkestrining maşhur seriallar va filmlardan jonli treklar ijro etganligi mehmonlarda unutilmas hislarni uyğotdi. "Double Touch" jamoasi hamda DJ King Macarella, DJ GERA, DJ FROST va DJ Diosa'ning sevimli mikslari esa barçaga raqs kayfiyatini ulaşdi. Festival atmosferasi har bir mehmonning kötarinki kayfiyati va unutilmas taassurotlariga sababçi böldi.

Tadbirning yana bir noyob dasturlaridan biri PEPSI DRON SHOW edi. Beşta şaharda tungi osmon 500 ta dron nuri bilan yorişib, PEPSI'ning eski logotipi yangisiga özgartirilgani aks ettirildi. Dronlar tomoşasi barçani hayajonga solib, yangilaniş va taraqqiyot timsoli sifatida nur soçdi. Festivalning yakuniy akkordi — muşakbozlikka navbat kelgaç, rang-barang tusga kirgan yorqin osmon mehmonlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Taşkilotçilar samimiy emotsiyalar, ajoyib drayv va hayratlanarli atmosfera uçun har bir şahar ahliga minnatdorlik bildiradi. Bilasiz, PEPSI har doim öz muxlislarini ana şunday yorqin va unutilmas lahzalar bilan xursand qilişga intilgan. Biz uşbu ajoyib bayramni Siz bilan birga nişonlaganimizdan juda ham xursandmiz!





















