Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hokimlarning mahalliy kengaş raisi maqomini bekor qilişga doir qonun loyihasini körib çiqa boşladi.

Bu özgariş ötgan yili yangilangan konstitutsiyada körsatib ötilgan edi. Unga köra, 2024 yilgi deputatlik saylovlari yakunlari böyiça viloyatlarda va Toşkent şahrida hokimlarning xalq deputatlari mahalliy kengaşlarida raislik qilişiga barham beriladi. Tuman va şaharlar miqyosida esa bu tartibga 2026 yil 1 yanvardan boşlab ötiladi.

Bu boradagi qonun loyihasini bir guruh deputatlar işlab çiqqan. Unga köra, kengaşlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boşçilik qiladi, u jamoatçilik asosida faoliyat yuritadi va muddatidan oldin lavozimdan ozod qilinişi mumkin.

Hokim nomzodi kengaşda körib çiqilayotganda, u hududni rivojlantiriş dasturini taqdim etişi kerak böladi.

Hokimlarning kengaş deputatlari orasidan tayinlanişi va tasdiqlanişi haqidagi talab bekor qilinib, ularning deputat etib saylanişi mumkinligi aks etmoqda.

Mahalliy kengaşlarga hududlarning öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqqan holda, qoida tariqasida, 5 tagaça (amalda 8 ta) doimiy komissiya tuziş huquqi belgilanmoqda.

Bundan taşqari, mahalliy kengaş va hokim qabul qiladigan hujjatlar yagona elektron tizimda (e-qaror.gov.uz) röyxatdan ötkazilişi va tizimga joylaştirilişi şart böladi.

Bu tizimdan röyxatdan ötkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas, deb hisoblanadigan böladi.

Deputatlarga köra, bu qonun loyihasining qabul qilinişi joylarda hokimiyatlar bölinişi prinsipini “tölaqonli röyobga çiqariş imkoni”ni beradi.

Eslatib ötamiz, Konstitutsiyada saylovlar oktyabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkazilişi belgilandi. Bu sana 2024 yilda 28 oktyabrga töğri keladi.