Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz tumanida voyaga yetmagan qizni zörlik va tahdid orqali jinsiy qullikda saqlab kelgan ayolga sud hukmi öqildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, jinoyat işlari böyiça Şahrisabz tuman sudida 2009 yilda tuğilgan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bölib ötgan.

Sudning 2024 yil 8 apreldagi hukmi bilan sudlanuvçi N.A. (ayol) Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining “a, g” bandlari (odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismida (voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş) körsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jaosi berilgan.

Sudlanuvçilar A.F. (erkak) va Ş.U. (erkak) Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismining “a” bandi (nomusga tegiş), 135-moddasi 3-qismining “a, g” bandlari (odam savdosi) hamda 127-moddasining 3-qismi bilan aybli deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvçilar tomonidan apellyatsiya tartibida şikoyat berilgan. Ammo Qaşqadaryo viloyati sudi apellyatsiya tartibida mazkur şikoyatlarni körib çiqqan va birinçi instansiya sudi hukmini özgarişsiz qoldirgan.

Qöşimça qilinişiça, bu toifadagi jinoyatlar uçun javobgarlikning yangi tartibiga binoan mazkur hukm böyiça mahkumlarga nisbatan jazoni yumşatiş çorasi qöllanilmaydi va jazo töliq ötaladi. Voyaga yetmagan jabrlanuvçi Ç.T.ga jinoyat işi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegişli taşkilotlar tomonidan zarur bölgan barça ijtimoiy huquqiy va psixologik kömak körsatilmoqda.

Eslatib ötamiz, 2023 yilning noyabr oyi oxirida Kitob tumanida yaşovçi 14 yoşli qiz Şahrisabzda 7 oy majburan saqlangani aniqlangandi. U 2023 yilning may oyidan 15 noyabrga qadar Şahrisabz tumani Xöjaboğ qişloğida yaşovçi fuqaro N.A.ning uyida zörlik va tahdid orqali turli şaxslar bilan jinsiy aloqa qilişga majburlangan. Keyinçalik qizni jinsiy qullikda saqlab kelgan ayol qamoqqa olingandi.