Ijtimoiy tarmoqlarda sirtlon öldirilgani aks etgan suratlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, holat Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi xodimlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan örganilgan. Örganiş jarayonida voqea 2023 yilning oktyabr oyi oxirlarida Şörçi tumanining Obodon mahallasi Takatoş massivida fuqaro Ş.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Holat oqibatida tabiatga 1 mlrd 60 ming söm miqdorida zarar yetkazilgan.

Örganiş natijasida bir boş noma’lum hayvonning suyaklari topilib, ular qaysi hayvon turiga tegişliligi borasida ilmiy xulosa oliş uçun tegişli taşkilotlarga jönatilgan. Qöşimça qilinişiça, xulosa olingaç, hujjatlar çora köriş maqsadida prokuratura organlariga yuboriladi.

Vazirlik hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş qat’iyan taqiqlanişi, bu qonunga köra javobgarlikka sabab bölişini eslatib ötgan. 

Ma’lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni yöq qilganlik uçun undiriladigan jarimalar miqdori 10 baravarga oşirilgandi. Röyxatga köra, qoplon, tarğil sirtlon, ilvirs kabi hayvonlarni noqonuniy ovlagani uçun Özbekiston fuqarolari 3 mlrd 150 mln söm, çet el fuqarolari esa 400 ming dollar tabiatga yetkazilgan zararni tölaşlariga töğri keladi.