Belgorod viloyati hokimiyati 23 iyuldan boşlab «operatsion vaziyat öta oğir» bölgan 14 ta aholi punktiga kirişga çeklovlar joriy qiladi, dedi viloyat gubernatori Vyaçeslav Gladkov 16 iyul, seşanba kuni Telegram-kanalida. Gap Ukraina bilan çegaraga yaqin Belgorod, Borisov va Krasnoyaruzskiy tumanlarida, şuningdek, Grayvoronskiy va Şebekinskiy şahar okruglarida joylaşgan qişloqlar va posyolkalar haqida bormoqda.
Gladkovning sözlariga köra, uşbu aholi punktlariga kiriş joylarida xavfsizlik kuçlari tomonidan nazorat punktlari örnatiladi. Jamoat transporti va taksilarning kirişi taqiqlanadi, kelmoqçi bölgan fuqarolar aholi punktlari yoki şahar hokimliklari rahbarlariga ariza yozişi kerak böladi. Şu bilan birga, aholi punktlariga faqat katta yoşdagi erkaklar «qat’iy qoidalarga muvofiq: radioelektron kuraş vositalariga ega zirhli transport vositasida, şaxsiy himoya vositalari - öq ötkazmaydigan jilet va dubulğa kiygan holda harbiy xizmatçilar va munitsipalitetlar vakillari hamrohligida kirişi mumkin», dedi gubernator.
Uning qöşimça qilişiça, mahalliy aholi tomonidan «taşlab ketilgan» uylar «kelişilgan tartib va jadvalga muvofiq» armiya tomonidan qöriqlanadi va şu haftada bu borada «tayyorgarlik tadbirlari» amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Bu qanday tadbirlar bölişi va odamlar aynan qayerga köçib ötişlari kerakligi haqida gubernator heç qanday muqobil uy-joy variantlarini aniqlaştirmadi va taklif qilmadi, lekin bu aholi punktlarida doimiy yaşaş joyi bölgan va boşqa uy-joyi bölmagan odamlar «qöşimça uy-joy olişi mumkinligi» aytildi. Oddiy oilalar uçun oyiga 10 ming rubl va köp bolali oilalar uçun oyiga 15 ming rubl miqdorida uy-joy ijarasi uçun oylik tölov ajratiladi.
Gladkov şuningdek, uylarini tark etgan fuqarolar uçun kommunal tölovlar tölanişi töxtatilişini aytdi - «hisoblagiç orqali tölanganlardan taşqari». Ketişdan boş tortgan hamda gaz va elektr energiyasidan foydalanişda davom etayotgan odamlar kommunal xizmatlar uçun tölaşlari kerak böladi, deya qöşimça qildi Gladkov.
Ukraina tomonidan otişma
Rossiya Federatsiyasining Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlari uçinçi yildirki Rossiyaning keng kölamli hujumidan özini himoya qilayotgan Ukraina tomonidan muntazam ravişda öqqa tutilmoqda. Ukraina qurolli kuçlari RFning Ukraina hududida davom etayotgan zarbalariga javoban Rossiya hududlariga zarba bermoqda.
Joriy yil boşidan beri Ukraina qurolli kuçlari Rossiya yonilği-energetika kompleksiga uçuvçisiz uçoqlardan zarba berişga e’tibor qaratgan. Olti oy davomida 40 dan ortiq neft bazalari va neftni qayta işlaş zavodlari Ukraina dronlari tomonidan hujumga uçragan. Markaziy va Janubiy Rossiyada zarbalar deyarli barça yirik neftni qayta işlaş zavodlariga ta’sir qildi. Şundan söng, Rossiyada benzin va dizel işlab çiqariş 2023 yil oxiridan beri eng past darajaga tuşdi va rasmiylar yonilği işlab çiqariş böyiça operativ statistikani maxfiylaştirdi.


















