Toşkent şahrida ötgan bir sutka içida LED-ekranlarda paydo bölgan «Onasini emsin» jumlasi köpçilik e’tiborini tortdi. Örganişlar davomida bu «Gödaklarni kökrak suti bilan boqişni qöllab-quvvatlaş butunjahon haftaligi» dorasidagi axborot kampaniyasining bir qismi ekani ma’lum böldi. Taşkilotçilar şu orqali sökinişga aylanib ketgan jumlaga «birlamçi ma’nosi»ni qaytarişga uringan.
Har yili 1-7 avgust kunlari «Gödaklarni kökrak suti bilan boqişni qöllab-quvvatlaş butunjahon haftaligi» deb e’lon qilinadi.
Bunday tadbirlar JSST va YuNISEF taşkilotlarining 1990 yilda qabul qilingan Innoçent deklaratsiyasi asosida gödaklarni kökrak suti bilan boqişni qöllab-quvvatlaş maqsadida deyarli yer yuzining 170 dan ortiq mamlakatlarida har yili taşkil etiladi.
Özbekistonda sut örnini bosuvçi mahsulotlarni reklama qiliş qonun hujjatlarida taqiqlanganiga qaramay, bunday mahsulotlar reklamasi va ularni internetda tarğib qiliş davom etmoqda, bu esa ona suti örnini bosuvçi mahsulotlarga bölgan talabni sun’iy ravişda oşirişga xizmat qilyapti.

Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Delivery Unit ofisi ona suti bilan oziqlantirişning afzalliklari haqida axborot kampaniyasini ötkaziş taşabbusi bilan çiqqan. Kampaniyaning maqsadi — çaqaloq va ona uçun emizişning foydalari haqidagi bilimlarni oşiriş, yoş ota-onalarni emizişni boşlaş hamda davom ettirişga undaşga yordam beradi.
Axborot kampaniyasining maqsadli auditoriyasi yoş ota-onalar bölgani sababli, uning elementlaridan biri «Onasini emsin — bu sökiniş emas, şifokor tavsiyasi» yozuvi bilan tizer bannerlar edi.

















