Yevropa Ittifoqi boş diplomati Jozep Borrel Qozoğistonga rasmiy taşrifi çoğida YeIning umumiy Markaziy Osiyo va xususan, mintaqadagi eng yirik davlat sifatida Qozoğiston bilan hamkorlikni mustahkamlaşdan juda manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.

«Biz - sizning asosiy savdo şerigingiz, barça eksportingizning uçdan biridan köproq qismi bizning hissamizga töğri keladi», — dedi u 1 avgust, payşanba kuni Ostona şahrida Qozoğiston taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu bilan qöşma matbuot anjumanida.

Bryusseldan olingan sönggi ma’lumotlarga köra, YeI 2022 yilda Qozoğistonga jami töğridan töğri xorijiy investitsiyalar böyiça 54,8 milliard yevro hissa qöşgan, bu bir yil avvalgiga nisbatan 5,5 foizga köpdir. 

Nurtleu joriy geosiyosiy va iqtisodiy voqeliklar nuqtayi nazaridan Borrelning taşrifi alohida ahamiyat kasb etişini qayd etdi. Qozoğiston TIV ma’lumotlariga köra, diplomatlar Ostona va Bryussel örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim doirasida keng kölamli munosabatlarni körib çiqib, «siyosiy muloqot dinamikasi, iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada oşganini ta’kidladilar».

Borrel Qozoğistonni inson huquqlarini himoya qilişga çaqirdi

Borrel Yevropa Ittifoqi Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev boşçiligidagi keng kölamli islohotlarni qöllab-quvvatlaşini ta’kidlab, modernizatsiya yölida iqtisodiy va siyosiy islohotlar yonma-yon borişi kerakligini aytdi. «Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ilgari suriş, himoya qiliş oçiq, demokratik va inklyuziv jamiyatning kalitidir, bu Qozoğistonning öz mustaqilligi, suvereniteti va kelajagini mustaqil tanlaş qobiliyatini mustahkamlaydi», deb ta’kidladi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar böyiça oliy vakili. 

U har ikki mintaqa uçun qiyinçiliklarni keltirib ötdi: Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va Yaqin Şarqdagi uruşning beqarorlaştiruvçi oqibatlari. U Qozoğistonni uruşni tugatiş uçun öz ta’siridan foydalanişga çaqirdi.

Yangi safarlar uçun imkoniyatlar

Borrelning aytişiça, Qozoğiston va YeI örtasidagi töğridan töğri reyslar soni tez orada köpayadi, çunki Qozoğiston va Yevropa Ittifoqi örtasida gorizontal havo qatnovi şartnomasi deyarli tayyor. May oyida Qozoğiston aviataşuvçilari Yevropa Ittifoqi tomonidan yölovçilarga yetarliça xavfsizlik va qulaylikni ta’minlamaydigan aviakompaniyalarning «qora röyxati»dan çiqarildi. Mutaxassislar navbatdagi qadam viza rejimini yumşatiş bölişi mumkinligini istisno qilmayapti.