Kursk oblasti gubernatori vazifasini vaqtinça bajaruvçi Aleksey Smirnov RF prezidenti Vladimir Putin bilan yiğiliş çoğida öz rahbarligidagi hududda vaziyat «murakkab» ekanini aytdi, deb xabar beradi RIA Novosti. Uning sözlariga köra, Ukraina qurolli kuçlari Kursk oblastida 28 ta aholi yaşaş manzillarini nazorat qilmoqda.
«Kursk oblastiga kirib keliş çuqurligi 12 kilometrni, kenglik — 40 kilometrni taşkil etadi», — degan Smirnov.
U mahalliy rasmiylar Kursk oblastida Ukraina qurolli kuçlari qöliga ötgan aholi yaşaş manzillaridagi roppa-rosa ikki ming kişining taqdiridan bexabarligini aytgan.
Smirnovning ma’lumotiga köra, ukrain armiyasi hujumlari natijasida Kursk oblastida 12 kişi halok bölib, 121 kişi yaralangan, şundan 10 nafari bolalar. Hozirgaça regionning çegaraga yaqin hududlaridan 121 ming atrofidagi kişi evakuatsiya qilingan, jami 180 ming kişini evakuatsiya qiliş közda tutilgan.

Smirnov frontning aniq çiziği yöqligini yana bir muammo sifatida keltirib, bu Ukraina qurolli kuçlari bölinmalari joylaşuvini aniqlaşni qiyinlaştirayotganini ta’kidlagan.
Rossiyaning Ukraina bilan çegaradoş bölgan boşqa bir hududi — Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov ham RF prezidentiga hisobot berdi.
«Sönggi vaqtlarda bizda faqat Belgorodda vaziyat yaxşilandi. Çegara hududlardagi vaziyat esa keskin yomonlaşgan. Öqqa tutiş va dron hujumlari sezilarli darajada kuçaygan. Vayrongarçiliklar kölami keskin oşmoqda.
Ikki yarim yil mobaynida 30 mingdan ortiq uy va kvartiralar şikastlangan. Biz 25 mingini tikladik.
Eng oğir vaziyat Şebekinoda. 2024 yil boşidan buyon qariyb 300 kişi yaralangan, 36 kişi halok bölgan. Töliq ma’lumot yöq, ammo bizning hisoblarga köra, 50-70 foiz aholisi Şebekino hududini tark etgan, aholi orasida zöriqiş oşib bormoqda», — degan u.


















