Bojxona qömitasi Özbekistonga eng köp import bölayotgan tovarlarga oid ma’lumotlar bazasini işga tuşirdi. Kun.uz oçiqlangan ma’lumotlarni örgangan holda, yoqilği-energetika va neft mahsulotlari importi katta sur’atda oşayotganiga e’tibor qaratdi.
Qayd etilişiça, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida 694,2 mln dollarlik yoqilği-energetika va neft mahsulotlari import qilingan. Bu guruhdagi tovarlar importi ötgan yilga nisbatan 52,4 foizga ösgan.
Avvalo suyuq yoqilğilar importidagi anomal yuqori ösiş diqqatga sazovor. Ötgan yilning yanvar-iyul oylarida 1943 tonna suyuq turdagi yoqilğilar olib kirilgan bölsa, joriy yilning şu davrida bu körsatkiç 19 025 tonnaga yetgan. Ösiş – 879 foiz yoki 9,8 barobarga teng bölgan.
Mazut importi esa ikki barobarga: 416,5 ming tonnadan 843,6 ming tonnaga oşgan. Ösiş – 102,6 foiz.
Yanvar-iyul oylarida Özbekistonga 76,4 mln tonna benzin import qilingan bölib, bu – ötgan yilning mos davri (48 mln tonna)ga nisbatan 28,4 mln tonnaga köp. Ösiş – 59,1 foiz.

Dizel importida 22,4 foizlik ösiş kuzatilgan: 7 oy davomida bu turdagi yoqilğini olib kiriş hajmi 169 ming tonnadan 206,9 ming tonnaga yetgan.
Dizel importini 2022 yilning yanvar-iyul oylari (28,2 ming tonna) bilan taqqoslaganda, ösiş 7,3 barobar bölganini köriş mumkin.
E’tiborlisi, 2022 yil 29 iyunda Uzbekistan GTL zavodi dizel işlab çiqarişni boşlagandi. 3,42 mlrd dollarga barpo etilgan zavod yiliga 500 mln dollarlik import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarişi közda tutilgandi

















