Payşanba kuni telegram-kanallar «Kavkaz» porti hududiga raketa zarbasi yöllangani töğrisida xabar tarqatdi, bu ma’lumot köp ötmay mahalliy muxbirlar tomonidan tasdiqlandi.

Region operativ ştabi ma’lumotiga köra, zarba oqibatida paromda yonğin boşlangan. RBK Krasnodar ölkasi Temryuksk rayoni rahbari Fedor Babenkovga asoslanib xabar berişiça, Ukraina qurolli kuçlari zarbasiga duçor bölgan paromda yonilği solingan 30 sisterna bor edi.

Köp ötmay parom çökib ketgan.

«Portning özida yonğin öçoqlari mavjud emas», — deya xabar qilgan ştab.

RIA Novosti agentligi favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayanib yozişiça, paromda hujum vaqtida beş kişi bölgan. Ularning taqdiri haqida hozirça heç narsa ma’lum emas.

Operştabdagilar Ukraina qurolli kuçlari zarbasini «navbatdagi teraktga uriniş» deb baholagan.

Mahalliy telegram-kanallar va pabliklarda «Kavkaz» porti hududida tutun ustuni kötarilgani aks etgan fotosuratlar tarqalgan.

Yonilği-moylaş materiallari solingan sisternalardagi olovni öçiriş uçun port öt öçiriş poyezdi yuborilgan.

Zarba haqidagi xabar ortidan Qrim köprigi böylab harakat bir soatga töxtatilgan, mahalliy vaqt bilan soat 17:41 da harakat tiklangan.

Kreml ta’siridagi Mash telegram-kanaliga köra, ukrain harbiylari port tomon Storm Shadow raketasini uçirgan bölişi mumkin va u yonilği taşuvçi «Akvatreyder» paromiga kelib urilgan. Bu ma’lumotning rasmiy tasdiği hozirça yöq.

Ukraina hozirça «Kavkaz» porti böylab zarba haqidagi xabarlarga munosabat bildirmadi.

Iyul oyida ukrain kuçlari «Kavkaz» porti böylab bir neça zarbalar yöllagan, natijada «Slavyanin» temiryöl paromi şikastlangandi.

Britaniya harbiy razvedkasi yozişiça, «Slavyanin» bu yönalişdagi yagona temiryöl paromi bölgan va 29 may kuni yöllangan zarbalardan keyin tuzatilib, xizmatga qaytarilgan.

Razvedkaning hisoblaşiça, «Slavyanin» suyultirilgan neft gazi taşiydi.

Razvedka hisobotida ukrainlarning «Kavkaz» portiga hujumidan keyin Rossiya yonilğini Qrim köprigi orqali taşişga majbur bölayotgani aytilgan.

«Kavkaz» porti — Qora dengiz va Azov dengizi havzasida yuk aylanmasi böyiça Novorossiysk portidan keyingi ikkinçi portdir. U Kerç böğozida joylaşgan, Qrim köprigidan 12, Novorossiyskdan 150 km masofada.