Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Isroil moliya vaziri Betsalel Smotriç va mamlakat milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga «nafrat qözğatiş» va «inson huquqlarini buzganlik» uçun sanksiyalar joriy etişni taklif qildi. Bu haqda dpa agentligi 29 avgust, payşanbaga ötar keçasi xabar berdi. Borrel taklifi Yevropa Ittifoqining 27 davlati taşqi işlar vazirlari sammiti arafasida bildirilgan. 

Smotriç va Ben-Gvir Isroil Hamas guruhiga qarşi harbiy operatsiya ötkazilayotgan Ğazo sektori aholisiga insonparvarlik yordami yetkazilişini tösişga çaqirdi. Ben-Gvir şu yöl bilan Hamasni taslim bölişga undaşga umid qilmoqda. Smotriç şundan söng jangçilar isroillik garovga olinganlarni ozod qilişi mumkinligini bildirdi. Isroil moliya vaziri Ğazo sektorining qamal qilinişini, hatto ikki million aholi oçarçilikdan nobud bölişini anglatsa ham, «axloqiy va asosli» deb atadi. 

Jozep Borrel Ben-Gvir va Smotriçga qarşi joriy qilişni taklif etayotgan sanksiyalar ularning Yevropa Ittifoqidagi aktivlarini muzlatiş va Yevropa Ittifoqiga kirişini taqiqlaşni nazarda tutadi. 

Avvalroq, Smotriç va Ben-Gvir Hamas bilan ehtimoliy sulhga keskin qarşi ekani ma’lum bölgan edi. CNN telekanaliga köra, bunday sulhga tayyorlik signalini Isroilga avgust oyi örtalarida Misr va Qatar vositaçilari orqali guruhning yangi rahbari Yahyo Sinvar yetkazgan. 26 avgust kuni Reuters Qohirada Isroil va Hamas örtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlangani haqida xabar berdi. 

Yaqin Şarqdagi keskinlaşuv

2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Hamasning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida Hamasga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 40 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.