Polşa 2025 yilga möljallangan davlat budjetidan mudofaa uçun rekord darajada mablağ — 48,7 milliard dollar ajratadi, deb xabar beradi AP.

Polşa boş vaziri Donald Tusk Ukraina bilan çegaradoş va xavfsizlik masalalari yuqori bölgan mamlakatning keyingi yil uçun möljallangan budjetining asosiy bandlarini taqdim etdi. «Bu katta sa’y-harakat, ammo ortga yöl yöq», — deydi Tuks mudofaa sektorining moliyalaştirilişi haqida.

Polşa moliya vaziri Anjyey Domanskining ma’lum qilişiça, mudofaa xarajatlari böyiça bildirilgan takliflar YaIMning 4,7 foizini taşkil etadi. Şundoq ham mamlakat NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida mudofaaga eng köp mablağ yönaltiradi — joriy yilda bu YaIMning 4,2 foizini taşkil etgan.

Rossiya bosqinidan keyin Ukrainani qöllab-quvvatlab kelayotgan Polşa yirik harbiy texnikalar, jumladan, AQŞ va Janubiy Koreyadan qiruvçi samolyotlar, tanklar hamda havo hujumidan mudofaa tizimlarini faol xarid qilmoqda.

Mamlakatdagi birinçi atom elektr stansiyasini qurişga 1,2 milliard dollar ajratilgan bölib, u 2035 yilda foydalanişga topşirilişi kerak. Tuskning aytişiça, zarur infratuzilmani tayyorlaş böyiça işlar tez orada boşlanadi. Polşa sönggi yillarda Rossiyaga bölgan energiya qaramligini qisqartirişga urinmoqda.

Prognozlarga köra, keyingi yilda Polşaning iqtisodiy ösişi 3,9 foizni, inflatsiya darajasi esa 5 foizni taşkil etadi.

Mamlakat budjetining rejasi kasaba uyuşmalari bilan muhokama qilinmoqda va Polşa qonunçilik palatasi hamda prezident Anjyey Duda tomonidan ma’qullanişi kerak.