Fransiyaning Le Burjye aeroportida hibsga olinganidan söng darhol söroq qilingan Pavel Durov Fransiya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilganini aytgan. Bu haqda Fransiyaning Liberation naşri manbaga tayanib yozdi.

Ta’kidlanişiça, Durov Fransiya Içki xavfsizlik Boş boşqarmasi (DGSI) xodimlari bilan aloqada bölganini aytdi: «işonç telefoni va maxsus elektron poçta manziliga ega» rasmiy aloqa kanali oçilgan, bu bir neçta teraktlarning oldini olişga yordam bergan.

Naşr manbasiga köra, Durov Dubayda DGSI vakillari bilan uçraşgan, sana aytilmagan. Uşbu uçraşuvda, tadbirkor «harbiy sirni taşkil etuvçi ma’lumotlarni oşkor qiliş özi uçun noörin bölişini» aniq aytgan. Nima muhokama qilinganiga aniqlik kiritilmagan.

Liberation şuningdek, söroq paytida Durov telefonini xavfsizlik kuçlariga topşirib, unga kiriş imkonini berganini yozdi.

Avvalroq Le Parisien naşri ham öz manbasiga tayanib, Fransiya xavfsizlik kuçlari bilan Telegram aloqa kanali yaratilgani haqida ma’lumot bergan edi.

OAV ma’lumotlariga köra, Durov politsiyaga faqat terrorizmga qarşi kuraş doirasidagi ma’lumotlarni taqdim qilganini ta’kidlagan. Ammo boşqa mazmundagi sörovlarni rad qilgan.

Pavel Durov 24 avgust kuni Parijning Le Burjye aeroportida qölga olindi. U 12 ta jinoyat böyiça noma’lum şaxslarga nisbatan qözğatilgan iş doirasida söroq qilingan. Keyinçalik, 5 million yevro garov evaziga qöyib yuborildi. Sud unga Fransiyani tark etişni taqiqladi.