Telegram platformasi Janubiy Koreya rasmiylaridan uzr söradi va şahvoniy mazmundagi dipfeyk videolarni öçirib taşlaş talabini bajardi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Telegram Şarqiy Osiyodagi filiali vakili Koreya Aloqa Standartlari Komissiyasiga (KCSC) elektron xat yubordi va talablarga köra öz platformasidan 25 ta şahvoniy materialni olib taşlaganini tasdiqladi.
«Biz soxta jinsiy ekspluatatsiya kontentining tarqalişi muammosini hal qiliş va raqamli jinsiy kontentni yöq qiliş uçun işonç telefonini taşkil etiş orqali (Telegram) bilan hamkorlikni kuçaytirmoqçimiz», dedi KCSC.
Telegram, şuningdek, uşbu masala böyiça tuşunmovçilik uçun uzr söradi va kelgusida nazorat organi bilan boğlaniş uçun elektron poçta manzilini taqdim etdi.
Avvalroq, Janubiy Koreya politsiyasi Telegram platformasini jinsiy jinoyatlarga kömaklaşiş va ularni rağbatlantirişda ayblab, tergov boşlagan edi. Politsiya ma’lumotlariga köra, 26 avgustdan 29 avgustgaça bölgan vaqt oraliğida dipfeyk video bilan boğliq 88 ta holat röyxatga olingan. Tekşiruvlar natijasida 24 nafar gumondor şaxs aniqlangan.

















