Boysundagi gaz konida sodir bölgan texnogen falokat töğrisida töqqiz kundirki, tayinli rasmiy ma’lumot berilmadi. Konga yaqin hududdagi qişloqlar aholisi nima qilarini bilmayapti. Kondan çiqayotgan zaharli gaz şamolning yönalişiga qarab atrofdagi hududlarga tarqalişda davom etmoqda. Kun.uz muxbiri vaziyatni biliş uçun Boysunga bordi.

Surxondaryoga kirib borişingizdan Boysun tumani uzra turib qolgan ğubor ta’bingizni xira qiladi. Şamol salomatlik uçun zararli bu gazni qöşni Bandixon va Şerobod tumanlargaça uçirib kirmoqda ekan.

Boysundan 15 km narida joylaşgan Kofrun – eng katta zarar körgan qişloqlardan biri. Çunki vodorod sulfid gazi otilib çiqayotgan kondan atigi 4 km şimolroqda joylaşgan. Bu yerdan aholi köçirilgan. Uyni qöriqlaş itlarga qolgan. Mol-hollar oçiqda.

Köçada uçratib qoladiganingiz – yakkam-dukkam odamlar ham mol-holidan xabar oliş uçun kelib turibdi ekan.

Odamlar oçiqça gapirişdan çöçişdi. Faqat nomini oşkor qilmaslik şarti bilan ayrim tafsilotlarini sözlab berişdi. Boisi – gaz koni va gazni qayta işlaş zavodini qurayotgan Eriell va Enter Engineering kompaniyalarida işlayotganlar ham bor ekan. Ular e’tirozlari tufayli işsiz qolişlari mumkinligini bildirişdi.

“4 oydan beri maoş olganimiz yöq. Berib qolişar, deb umid qilyapmiz. Hozir biz özimiz işlab turgan joyga qarşi gapirsak işdan ajralib qolişdan qörqamiz, oçiği, aka. Bu yerlarda boşqa işga kira olmasak”, – dedi ikkita yigit.

Biz Kofrun qişloği köçalarini kezganda, gaz atrofni çulğab olmagan, vodorod sulfidning hidi taralmayotgan edi. Bemalol, qiynalmasdan nafas oliş mumkin edi. Ammo kondan otilib çiqayotgan gazning ovozi 4 km masofagaça reaktiv samolyot motorining guvillaşidek eşitilib turibdi.

“Şamol biz tomon esganda keladi gaz. Umuman nafas olib bölmay qoladi. Yoş bolalar, qariyalar, kasalvandlarni Boysunga yoki boşqa joylardagi qarindoşlarnikiga jönatib yuborganmiz. Gaz köz va dimoğni açiştiradi, boşni oğritadi, köngilni aynitadi”, – dedi yana bir hamsuhbatimiz.

Qayd etiş kerakki, köpçilik yaşab turgan joyini tark etgani uçun Kofrun qişloğida maktab va boğçalar işlamayapti. Dökonlar ham yopiq.

Qişloq asosan çorvaçilik ortidan kun köradi. Çunki suğoriş uçun suv yöq. 30 yilça burun qurilgan Hangaronsoy suv ombori şu yil suv köribdi.

Boşqa bir suhbatdoşimizning aytişiça, qişloqda odamlar jon saqlaş uçun mol-holini taşlab çiqqani uçun öğirliklar ham köpaygan.

“Milliy gvardiya xodimlari dam-badam paydo böladi. Ular ham odam, buning sassiğiga ular ham doş bera olmaydi-da”, – deydi u.

Qişloqdagi yoş yigitlarning aytişiça, şamol qişloq tomon esişni boşlaganida mahallaning Telegram guruhida ogohlantiriş beriladi va qolgan odamlar öz kuçlari bilan qişloqni tark eta boşlaydi. Çunki vodorod sulfid gaziga uzoq vaqt çidaş qiyin.

Biz gaz otilib çiqayotgan joyning yaqinigaça bordik. Burğilaş minorasiga suv sepilyapti. Quvur çiqarilib gaz yoqib qöyilgan. Vahima bilan ovoz çiqargança gaz otilib çiqmoqda. Kunduz kuni bu unçalik vahimali körinmaydi, biroq keçasi biroz qörqinçli köriniş oladi. Aynan şomga yaqin va keçroq tuşirilgan tasvirlar internetda aylanmoqda.

Hattoki şu kon oldida ham palağda tuxumning yengilgina isi kelib turibdi. Keyin bilsak, öşa yerda şamol bizdan teskari tomonga esgan ekan.

Qaytayotib, konga yaqin somonzorda qöy boqib yurgan yigitga közimiz tuşdi. U Kofrun mahallasi aholisining qöy-qözilarini navbat bilan boqayotgan talaba yigitlardan biri ekan.

Mahallada qöy va mollar şu tartibda boqiladi. Ammo öşa yerda yaşovçi onaxonlardan biri tovuqlarimiz nobud böldi, mollarimiz ham sekin-asta yemişdan qolmoqda, dedi.

“Olti kundan beri bola çaqalarim, nevaralarim bilan Boysundagi qarindoşlarimnikida jon saqlayapman. Molim uçun kelib xabar olaman, deb kelib turgan joyim. Heç kim yordam bergani yöq. Bu balo qaçon tugaşini ham aytgani yöq. Hamma sarson bölib qoldi-da. Faqat çiqib ketinglar zudlik bilan deb qolişadi. Borgan bilan birovning uyida siğindi bölib yaşaş osonmas-da”, — dedi nomini oşkor qilmaslikni astoydil tayinlagan onaxon.

Oğiz-burniga qora matodan qölbola niqob taqib olgan yana bir onaxon borayotganimizni körib, suhbatlaşişni istamasdan eşigini yopib oldi.

“Sinfdoşlar pul yiğib, kollej va maktablarning sport zallariga köçirilgan qişloqdoşlarimizga oziq-ovqat bozor-öçar qilib taşlab kelyapmiz. Heç kim yordam bergani yöq bu borada ham. Odamlarda pul yöq axir”, — deydi yigit.

Odamlar bilan gaplaşib turganimizda öşa maş’um gaz qişloq uzra yopirildi va bir bir muddat odamlar bir haftadan ziyodroq vaqt davomida nimalarni boşdan keçirayotganini öz tanamizda his qilib kördik.

Palağda tuxumning qölansa hidi keladigan açqimtir gaz darhol köngilni aynitadi. Közlaringiz va dimoğlaringiz açişa boşlaydi. Kimlardadir bu qayt qiliş reflekslarini qözğaşi aniq. Hamrohlarimizning barçasining boşiga oğriq kirdi.

Bir söz bilan aytganda – şamol yönalişiga qarab özgarib turadigan, “oçiq osmon ostidagi Osvensim”.

Bu gazni jilovlaşning tezroq biror yöli topilmasa, köp ötmasdan Boysun istiqomat uçun yaroqsiz hududga aylanib qolişi mumkin. Odamlar, bolalar soğligini saqlaş uçun ularga jiddiyroq yordam beriş kerak.

Şuhrat Şokirjonov,
Jahongir Aliboyev,
Kun.uz