AQŞ administratsiyasi Ruminiyaga 32 ta yangi turdagi F-35 qiruvçi samolyotlarini sotişni ma’qulladi. AQŞning Buxarestdagi elçixonasiga köra, Ukraina bilan çegaradoş bölgan Ruminiya «Qora dengiz mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaşga yordam beradigan NATOning markaziy ittifoqçilaridan» hisoblanadi.
Amerika diplomatik vakolatxonasining qayd etişiça, Ruminiya Lockheed Martin harbiy korporatsiyasi tomonidan işlab çiqariladigan köp maqsadli qiruvçi samolyotlarni oliş orqali «havo hujumidan mudofaa yönalişida misli körilmagan salohiyatga» ega böladi. Qiruvçi samolyotlarning dastlabki partiyasi Ruminiyaga 2031 yilda yetkazib beriş rejalaştirilgan.
AQŞ Davlat departamentining ma’lumotlariga köra, şartnomaning umumiy qiymati 7,2 milliard dollarni taşkil etadi. AQŞning Buxarestdagi elçixonasi esa 6,4 milliard dollarlik şartnoma tuzilganini aytmoqda. Raqamlardagi nomutanosiblik sababi hozirça noma’lum.
Buxarest F-35 qiruvçilarini sotib oliş istagini ötgan yili bildirgan edi. Bu mamlakat qurolli kuçlari tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.
NATO va Yevroittifoq a’zosi bölgan Ruminiya şimol hamda şarqda Ukraina bilan çegaradoş. Ukraina, Moldova, Rossiya, Gruziya, Turkiya va Bolgariya bilan birga Ruminiya ham Qora dengizga çiqa oladi.

















