25 sentabr, çorşanba kuni Nyu-Yorkda bölib ötgan BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişida Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi qanday yakun topişi muhim ahamiyatga ega, dedi. Uning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi Ukrainani qöllab-quvvatlaşda sobit bölib qoladi, bu harakatlar uzoq muddatli tinçlikka erişişga qaratilgan.
«Men barça tinçliksevarlarga murojaat qilaman: bu uruşni qanday tugatiş muhimligini unutmang, — deya Borrel sözlarini keltiradi YeI diplomatik xizmati öz veb-saytida. — Uruşni tugatiş usullaridan biri ukrainaliklar davlatning hududiy yaxlitligi buzilişiga taslim bölişlari — bu huquqbuzarlikni sodir etgan şaxs uçun »yaxşi misol» böladi va uni qayta-qayta takrorlaşga undaydi».
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Ukrainadagi vaziyat böyiça BMTning «aniq hisobotlari» mazmunini eslatdi: «Uylar va infratuzilmalarni ataylab vayron qiliş, tinç aholini yaşaş uçun zarur bölgan xizmatlardan mahrum qiliş. Qiş mavsumi boşlanganda mamlakatning elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati uçdan ikki qismi yöq qilindi».
RFning Eron va KXDR tomonidan qöllab-quvvatlanişi töğrisida
Şu bilan birga, Eronning Rossiyaga qisqa masofali ballistik raketalarni topşirişi, şuningdek, Şimoliy Koreyadan Rossiya Federatsiyasiga qurol-yaroğ yetkazib berilişi, Moskvaga öz tajovuzini davom ettiriş imkoniyatini berib, «muhim moddiy eskalatsiya va kuçayiş, Yevropa xavfsizligiga töğridan töğri tahdiddir», deya ta’kidladi Josep Borrel.
«Uşbu qurollar katta ehtimol bilan Ukraina tinç aholisiga qarşi qöllanadi, bu esa uruş oqibatida köproq azob va vayronagarçilikka olib keladi», dedi u.
Borrel, Yevropa Ittifoqi Ukraina uçun xohlagan tinçlik xalqaro huquqiy tartib va BMT Nizomiga asoslanganligini ta’kidladi. Ukraina böyiça sönggi tinçlik sammiti yakunlarida qöşma kommyunikeni qöllab-quvvatlagan 110 ta hamkor ham xuddi şunday pozitsiyada, deya qöşimça qildi u.
Rossiyaga qarşi sanksiyalarning buzilişi töğrisida
«Oxir-oqibat, ular (ukrainaliklar) qanday şartlar asosida bu uruşning tugatilişini xohlaşlarini aniqlaş Ukrainaga va faqat Ukrainaga boğliq», dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari.
Öz sözi yakunida Jozep Borrel Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan uruşi tufayli unga nisbatan qöllangan sanksiyalar buzilişining köplab holatlarini tilga oldi va ularga befarq qolmaslikka çaqirdi, çunki bunday qonunbuzarliklar tufayli uruş davom etmoqda.

















