Vazirlik fuqarolarga quyidagi tavsiyalarni berdi:

  • isitiş peçlari va ularning dudburonlari sozligi, turli buyum va tösiqlar bilan berkitilmagani hamda yoriqlar yöqligiga alohida e’tibor qaratiş;
  • gaz uskunalarini ulaş tartib-qoidalariga rioya qiliş va ularga rezina şlanglar orqali ulanişga yöl qöymaslik;
  • maxsus taşkilotlar tomonidan dudburonlarning öz vaqtida tozalanişiga e’tibor qaratiş.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasiga köra, Özbekistonda 2020—2022 yillar va 2023 yilning 9 oyi davomida is gazidan zaharlaniş bilan boğliq 245 ta noxuş holat yuz bergan. Buning oqibatida 200 nafar fuqaro jarohatlangan, 421 nafari halok bölgan.

«Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Aholi xonadonlarida isitiş tizimi va yoqilği mahsulotlaridan foydalanişda xavfsizlik talablariga rioya etilişini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan taşkil etilgan Respublika komissiyasi faoliyati kutilgan samaralarni bermayapti», — deyilgan edi qömitaning 2023 yilda ötkazilgan yiğilişida.