Qozoğiston hozirça BRICS a’zosi bölişni rejalaştirmayapti, garçi mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Töqayevga bunday taklif tuşgan bölsa-da, dedi davlat rahbari maslahatçisi va matbuot kotibi Berik Uali.
«Hozirgi vaqtda va ehtimol, yaqin kelajakda Qozoğiston BRICS a’zosi bölişdan tiyiladi, şu jumladan, a’zolik masalasini körib çiqişning köp bosqiçli ekani, şuningdek, uşbu taşkilotning istiqboliga oid boşqa masalalar sababli», dedi u.
Uali sözlariga köra, BRICS a’zosi böliş böyiça takliflar davlat rahbari tomonidan «Qozoğiston milliy manfaatlari nuqtai nazaridan» körib çiqilgan. Ammo hozirça Töqayev «barça dolzarb xalqaro muammolar muhokama qilinişi mumkin bölgan va muhokama qilinişi kerak bölgan universal va muqobili yöq taşkilot sifatida» BMT ustuvor ekaniga ahamiyat bermoqda», deb qöşimça qildi u.
Qayd qilinişiça, Töqayev BRICS evolyutsiyasini «qiziqiş bilan kuzatmoqda» va blokning Rossiyadagi 24 oktyabrdagi sammitida iştirok etmoqçi.
BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlatlari nomining boş harflaridan tuzilgan qisqartma) 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan taşkil etilgan bölib, keyinçalik unga Janubiy Afrika qöşilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi.

















