AQŞning Rossiya içkarisidagi nişonlarga 300 kilometrgaça bölgan masofaga uçişga qodir raketalar orqali zarba beriş böyiça qarori YeIga a’zo davlatlarning TIV rahbarlari uçraşuvida muhokama qilingan. Bu haqda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar böyiça oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.

Matbuot anjumanida Borreldan Donald Tramp saylovda ğalaba qozonganidan söng, Jo Bayden Kiyevga Rossiyadagi nişonlarga uzoq masofali raketalarni uçirişga ruxsat berişga qaror qilganini qanday izohlaşi söraldi.

Borrel bunga javoban Bayden administratsiyasi Ukrainaga raketalarni Rossiya hududi böylab 300 kilometr içkariga va 300 kilometr radiusda qöllaşga ruxsat berganini bildirdi. «Bu unçalik köp emas, ammo bu Bayden administratsiyasining qarori», — deydi Yevropa diplomatiyasi rahbari. Şuningdek, Borrel mazkur qaror nima uçun hozir qabul qilinganini bilmasligini, ammo u oldinroq muhokama qiliganini ta’kidladi.

Şu bilan birga, Borrelning sözlariga köra, TIV rahbarlari yiğilişida Rossiyadagi nişonlarga zarba beriş böyiça çeklovlarni bekor qiliş borasida umumiy qaror qabul qilinmagan. Uşbu masalani har bir davlat mustaqil hal qiladi.

Jo Bayden Ukrainaga öz ixtiyoridagi ATACMS uzoq masofali raketalardan Rossiyaning Kursk oblastidagi harbiylari himoyasi uçun foydalanişga ruxsat bergani töğrisida AQŞdagi qator ommaviy axborot vositalari yozdi. Biroq AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi birinçi örinbosari Jon Fayner prezident Jo Bayden ukrainalik harbiylarga Rossiya hududiga çuqur zarba beriş uçun ATACMS raketalaridan foydalanişga ruxsat bergani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.