Yevropa Ittifoqining taşqi işlar böyiça oliy vakili Jozep Borrel Rossiyada siyosiy qatağon qurbonlarini xotirlaş kuniga bağişlangan bayonot bilan çiqdi. Bu haqda 30 oktyabr, çorşanba kuni Yevropa taşqi harakatlar xizmati rasmiy saytida e’lon qilindi.

«Yevropa Ittifoqi siyosiy qatağon qurbonlari xotirasini hurmat qiladi va qurbonlar xotirasini saqlaşda davom etayotganlarning fidoyiligini tan oladi», — dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari. Borrelning qayd etişiça, zamonaviy Rossiya hukumati ötmişdagi xatolarni tan olmaydi, aksinça, siyosiy qatağon qurbonlari reabilitatsiyasini bekor qiladi.

Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi boş diplomati bugungi kunda ham öz e’tiqodlari tufayli Rossiya qamoqxonalarida qolayotgan odamlarni tilga oldi. «Memorial» inson huquqlari loyihasiga köra, ularning soni 750 dan ortiq. Borrelning sözlariga köra, rossiyalik siyosiy mahbuslar «doimiy ravişda qiynoqlar va şafqatsiz munosabatga duçor bölişadi» va tibbiy yordam olişdan imkonidan mahrum etiladi, bu esa «soğliğining jiddiy yomonlaşişiga yoki hatto ölimga olib keladi, şu yil boşida muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniy bilan sodir bölganidek».

Murojaati söngida Jozep Borrel yana bir bor Rossiya hukumatini «repressiv qonunçilikni», jumladan «özlarining tajovuzkor uruşi haqidagi haqqoniy ma’lumotlar kriminalizatsiya qilinişi»ni, şuningdek, «çet el agentlari» va «nomaqbul taşkilotlar töğrisida»gi qonunlarni bekor qilişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi «katta şaxsiy tavakkalçilikka va öta oğir şaroitlarga qaramay, haqiqatni jasorat bilan aytadigan, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga sodiq, erkin, demokratik Rossiya manfaati uçun mehnat qilayotgan Rossiya fuqarolari bilan birdam».

Rossiyada va dunyoda «Ismlarni qaytariş» aksiyasi bölib ötdi

Rossiya va boşqa bir qator mamlakatlarda 29 oktyabr kuni siyosiy qatağon qurbonlari xotirasiga bağişlangan «Ismlarni qaytariş» tadbiri bölib ötmoqda. Uning iştirokçilari sovet hokimiyati yillarida qatl etilgan, lagerlarga yuborilgan yoki huquqlaridan mahrum bölganlarning ismlarini öqib çiqdilar. 2007 yildan buyon aksiyani taşkil qilib kelayotgan «Memorial» inson huquqlari harakati tadbirni jonli efirda namoyiş etdi.

Huquq himoyaçilariga köra, ismlarni öqiş Moskvada boşlanib, Irkutsk, Bremen, Revde, Denver, Drezden va Strasburgda davom etgan. Taşkilotçilarning ma’lum qilişiça, bu yil dunyoning 109 ta şahrida, jumladan, 19 ta Rossiya şahrida «Ismlarni qaytariş» amalga oşirilgan.