Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Gurjistondagi parlament saylovlaridagi soxtalaştirişlar böyiça «şaffof tekşiruv» ötkazişga çaqirdi. «Gurjiston Markaziy saylov komissiyasi va tegişli organlar kuzatuvçilar tomonidan bildirilganidek, jarayonga jamoatçilik işonçiga ta’sir körsatuvçi qonunbuzarliklar, bosim va saylovçilarni qörqitiş holatlarini tekşirişi kerak. Bu qonunbuzarliklar tezkor, şaffof va mustaqil ravişda hal qilinişi kerak», — deyiladi Yevropa taşqi siyosat xizmati tomonidan 29 oktyabr, seşanba kuni e’lon qilingan bayonotda. 

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari 26 oktyabrda bölib ötgan parlament saylovlaridan keyin Gurjistondagi voqealarni «juda xavotirli» deb atadi. Borrelning sözlariga köra, xalqaro kuzatuvçilar saylov kampaniyasi davomida ham, saylov kuni ham qonunbuzarliklarni qayd etgan va ular «şuningdek, saylovlarni erkin va adolatli deb tan olişmagan».

Gurjiston boş vaziri: Muxolifat va NNT konstitutsiyaviy tuzumga qarşi çiqyapti

Gurjiston muxolifati va uni qöllab-quvvatlovçi nodavlat taşkilotlar konstitutsiyaviy tuzumga qarşi.

Bu haqda respublika boş vaziri Irakliy Kobaxidze Tbilisida bölib ötgan Vazirlar mahkamasi yiğilişida Gurjiston muxolifati va nodavlat notijorat taşkilotlarining 26 oktyabr kungi parlament saylovlari natijalariga munosabatini izohlar ekan, ma’lum qildi.

Gurjiston Vazirlar mahkamasi rahbari saylovlarda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi ğalaba qozonganiga yana bir bor e’tibor qaratdi.

«Mamlakatimizdagi saylovlar misli körilmagan darajada tinç muhitda ötdi», – dedi siyosatçi va Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini samarali deb atadi.

Kobaxidzening eslatişiça, Gurjiston muxolifat partiyalari va ularni qöllab-quvvatlovçi nodavlat taşkilotlar saylov natijalarini tan olişdan boş tortadigan vaziyatga birinçi marta duç kelayotgani yöq.

Şu bilan birga, Gurjiston hukumati rahbari davlat muxolifat va nodavlat taşkilotlarning mamlakatdagi konstitutsiyaviy tuzumga putur yetkazişiga yöl qöymasligiga işontirdi.

Kobaxidzening ta’kidlaşiça, hukumat uçun ustuvor vazifa Yevropa integratsiyasi yöli.