Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi davlatlarini qöşni davlatga qarşi uruşini davom ettirayotgan Rossiyada Ukrainaning çegaradan uzoqdagi nişonlarga öziga yetkazib berilgan qurollar bilan hujum qilişiga ruxsat berişga çaqirdi. «Men yana va yana aytamanki, Ukraina biz yetkazib berayotgan qurollardan nafaqat öqlarni töxtatiş, balki kamonçilarni öldiriş uçun ham foydalanişi kerak», — dedi Borrel 18 noyabr, duşanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarining yiğilişidan oldin. U şunday qadam zarurligiga işonçi komilligini ta’kidladi.

«Işonçim komilki, biz buni yana bir bor muhokama qilamiz», — deya qöşimça qildi Yevropa diplomatiyasi rahbari. Avvalroq Yevroparlament ham xuddi şunday qaror qabul qilişga çaqirgan edi.

Kreml AQŞning RFga ATACMS zarbalari haqidagi qaroriga munosabat bildirdi

Rossiya AQŞning Ukrainaga RFga uzoq masofali raketalar bilan zarba yöllaşga ruxsat bergani haqidagi xabarlarga juda salbiy munosabat bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 18 noyabr kuni bu qaror keskinlikning yangi bosqiçi va AQŞning Ukrainadagi uruşga aralaşuvini anglatadi, dedi.

«Agar şunday qaror haqiqatan ham işlab çiqilgan va Kiyev rejimiga yetkazilgan bölsa, bu keskinlikning sifat jihatidan yangi bosqiçi va Qöşma Ştatlarning uşbu mojaroga aralaşuvi nuqtayi nazaridan yangi holat», — dedi Peskov matbuot brifingida. Kremlda hozirça faqat Ğarb ommaviy axborot vositalaridan ma’lumot bor.