Oliy Majlis Senatining 59-yalpi majlisi 23 oktyabr kuni çaqiriladi.
Yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qiliş nazarda tutilgan. Jumladan, telekommunikatsiya, ipakçilik sohalari, ombudsman, Qurolli Kuçlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xizmat faoliyatiga oid qonunlar körib çiqiladi.
Kun tartibidan, şuningdek, Soliq, Bojxona, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga qöşimça va özgartirişlar kiritiş, xalqaro taşkilotlarning bir qator hujjatlarini ratifikatsiya qiliş haqidagi qonunlar örin olgan.

















