Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) töğrisida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili Prezidentga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan huquqiy, taşkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boşqa çora-tadbirlar körişga qaratilgan maxsus ma’ruzalar taqdim etişi belgilanmoqda. Şuningdek, Ombudsmanning qonunçilik takliflarini qonunçilik taşabbusi tartibida Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiş huquqi joriy etilyapti.

Ombudsman va uning örinbosari vakolatlari, daxlsizligining qöşimça kafolatlari ham joriy etilib, ularga yuklatilgan vazifalarning muammosiz va samarali bajarilişi qonunda mustahkamlanmoqda. Qonunda saylaniş kuni öttiz yoşga tölgan, kamida beş yil Özbekiston hududida muqim yaşayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi Ombudsman lavozimiga saylanişi mumkinligini nazarda tutilyapti.
Bundan taşqari, qonunda jazoni ijro etiş muassasalari va tergov hibsxonalari hududida “Ombudsman qutisi” tuşunçasi kiritilib, unga ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarning murojaat qilişning huquqiy mexanizmi belgilanmoqda.

Qayd etilişiça, qonunning qabul qilinişi Inson huquqlari böyiça vakil (ombudsman) institutining mustaqil milliy institut sifatidagi ahamiyatini yanada oşirib, Ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillaştiradi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

















