IIV Jazoni ijro etiş departamenti axborot xizmati rahbari Zoyir Yöldoşevga köra, Özbekistonda sönggi olti yilda jazoni ijro etiş muassasalaridan birorta ham mahkum qoçmagan.
“Jazoni ijro etiş muassasalarining özi uçga bölinadi: tergov hibsxonasi, yopiq turdagi koloniya va manzil koloniya. 18 ta yopiq turdagi koloniyaga ruxsatsiz kiriş ham, çiqiş ham mumkin emas. Uşbu muassasalar qat’iy qöriqlanadi va şu bois u yerdan mahkumlarning qoçişi bilan boğliq birorta holat qayd etilmagan.
Manzil koloniya bu – oçiq, devori qöriqlanmaydigan joy. Manzil koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlar oçiqlikda böladi, oddiy fuqarolar bilan birga böladi, ular bemalol işlaşi mumkin. Manzil koloniyadan qoçiş jinoyat emas, balki tartibbuzarlik hisoblanadi. Bunday turdagi tartibbuzarlik uçun mahkumlar manzil koloniyadan yopiq turdagi koloniyaga köçiriladi.
Bugungaça sud tomonidan tayinlangan jazoni ötaşdan qoçişga uringanlarning barçasi manzil koloniyalarida saqlanayotgan mahkumlar hisoblanadi”, deydi Zoyir Yöldoşev.
IIV Jazoni ijro etiş departamentining Kun.uz söroviga javoban ma’lum qilişiça, Özbekistonda 54 ta jazoni ijro etiş muassasasi mavjud. Şundan 11 tasi tergov hibsxonalari, 25 tasi manzil koloniya va 18 tasi yopiq turdagi jazoni ijro etiş koloniyalari hisoblanadi.
Qayd etilişiça, ayni paytda respublikadagi barça jazoni ijro etiş muassasalarida 27 mingga yaqin mahkum saqlanmoqda. 2022 yilda bu körsatkiç 29 mingdan ortiqni, 2021 yilda 27,5 ming, 2020 yilda 22,9 ming nafarni taşkil etgandi.
Jinoyat ijroiya kodeksiga köra, jazoni ijro etiş muassasalari jumlasiga jazoni ijro etiş koloniyalari, şu jumladan, davolaş huquqi asosidagi koloniyalar, tarbiya koloniyalari, turmalar, mahkumlar uçun ixtisoslaşgan kasalxonalar kiradi.
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan va xöjalik xizmatiga oid işlarni bajariş uçun qoldirilgan şaxslarga nisbatan jazoni ijro etiş muassasalari vazifasini bajaradi. Öz navbatida jazoni ijro etiş koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga bölinadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlaş uçun möljallangan. Tarbiya koloniyalari esa voyaga yetmagan mahkumlarni saqlaş uçun möljallangan.

















