Uşakovning sözlariga köra, Qozonga valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon örniga taşrif buyurgan podşohlik TIV rahbari Faysal bin Farxon Ol Saud «taklif etilgan davlat vakili sifatida iştirok etadi».
«Ya’ni aytiş mumkinki, Saudiya Arabistoni BRIKS sammitida emas, balki «Autriç/BRIKS Plyus»da iştirok etadi», — deydi Rossiya prezidentining yordamçisi. Bu taşkilotga a’zo bölmagan davlatlar uçun möljallangan kengaytirilgan format hisoblanadi.
Kreml yanvar oyida 2024 yildan boşlab Saudiya Arabistoni BAA, Efiopiya, Misr hamda Eron bilan birgalikda BRIKS tarkibiga qöşilganini e’lon qilgandi. Oradan ikki hafta ötgaç podşohlik savdo vaziri Majid al-Kasabi Rossiya bayonotini rad etib çiqdi, Ar-Riyod esa BRIKSga a’zolik taklifi hamon körib çiqilayotganini bildirdi.
Şunga qaramay, Saudiya Arabistoni sammit taqdimotiga tölaqonli a’zo sifatida kiritilgan. Dunyodagi eng yirik neft eksportçilaridan biri bölgan va Kremlning «qora oltin» bozoridagi asosiy şerigi hisoblanuvçi Saudiya Arabistonining maqomi — noaniq. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Qozondagi BRIKS sammiti uşbu davlatning pozitsiyasiga oydinlik kiritişi kerak.
Kreml Qozonda ötkazilayotgan sammitni Rossiya tarixida ötkazilgan eng muhim ahamiyatga ega taşqi siyosiy voqea deb e’lon qildi. Saudiyaning 39 yoşli valiahdi Muhammad bin Salmon sammitda iştirok etiş taklifini olgan dunyoning yana 14 yetakçisi bilan birga Rossiyaga borişdan boş tortgan. Uşakovning ta’kidlaşiça, Rossiyaning «şeriklariga» ğarb bosim ötkazmoqda.

















