Poytaxt IIBB YHXB xabariga köra, 3 noyabr kuni soat 01:10 da Mirzo Uluğbek tumani, Qori Niyoziy köçasi, 66-uy qarşisida 1987 yilda tuğilgan haydovçi D.U. (mast holda) boşqaruvidagi Lacetti va 1994 yilda tuğilgan S.X. boşqaruvidagi BMW töqnaşgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.

3 noyabr kuni soat 01:45 da Yunusobod tumani, Şarof Raşidov köçasi, Mustaqillik maydoni qarşisida 2003 yilda tuğilgan haydovçi S.I. Lacetti avtomaşinasini boşqarib ketayotib, rul boşqaruvini yöqotib, yöl çetidagi beton ustunga töqnaşgan.

YTH natijasida haydovçi tan jarohat olgan va şifoxonaga olib ketilgan. 

3 noyabr kuni soat 02:00 da Sergeli tumani Mehrigiyo-Mirzo Tursunzoda köçalari çorrahasida 2001 yilda tuğilgan haydovçi D.U. boşqaruvidagi Spark va 1997 yilda tuğilgan L.A. boşqaruvidagi Matiz töqnaşgan.

Oqibatda Matiz avtomaşinasining 2 nafar yölovçisi şifoxonaga olib ketilgan. 

Barça holatlar yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.